“Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi asosida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan yoshi ulug‘ insonlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan “Nuroniy.uz” internet-portali ishga tushirildi. Ushbu portal yurtimizdagi keksa avlod vakillariga turmush tarzining turli jabhalariga oid savollariga javob topishlari mumkin bo'lgan muhim axborot manbaidir.
Batafsil | 05.10.2015 |
Yangi xizmat Yagona intekaktiv davlat xizmatlari portali yordamida yolg'iz keksalar va nogironlarni “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylariga rasmiylashtirish uchun arizalar berish hamda zarur hujjatlar ro'yxatini elektron tarzda qabul qilish, shuningdek ularni ushbu muassasalarga joylashish huquqini beruvchi qaror (buyruq) nusxasini olish imkonini beradi.
Batafsil | 23.09.2015 |
Yagona portalda "O’ztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasining gazni hisobga olish priborini o’rnatish, shuningdek gazni hisobga olish priborini yechib olish uchun ariza yuborish imkoniyatini beruvchi yangi xizmatlari ishga tushirildi.
Batafsil | 20.08.2015 |
Yagona portalda “Turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani olish yoki qayta rasmiylashtirish bo'yicha ariza yuborish” yangi xizmati ishga tushirildi.
Batafsil | 05.08.2015 |
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha Davlat qo‘mitasining advokatlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslarga mo'ljallangan "Kadastr xizmatiga advokatlik so’rovini yuborish" yangi xizmati ishga tushirildi.
Batafsil | 20.07.2015 |
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi «Elektron hukumat» o'quv markazi tomonidan Yagona portal orqali davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari xodimlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malaka oshirish kurslariga talabnomalarni rasmiylashtirish hamda tegishli shartnomani olish imkoniyatini beruvchi yangi xizmati ishga tushirildi.
Batafsil | 09.07.2015 |
Yagona portalda nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya olish uchun onlayn ariza yuborish yangi xizmati ishga tushirildi.
Batafsil | 07.07.2015 |
2015 yilning 13 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish va davlat organlari, ulardagi muassasalarning o‘zaro idoralararo axborot almashish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 120-son qaroriga muvofiq, Davlat xizmatlari, forma va blankalar yagona reyestri, shu bilan birga davlat organlari, ulardagi muassasalarning o‘zaro idoralararo axborot almashish tartibi bo‘yicha axborot almashish tartibiga oid Nizom tasdiqlangan.
Batafsil | 15.05.2015 |
Bugun Aloqa tarixi muzeyida xalqaro ekspertlar, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida “O‘zbekistonda elektron hukumat rivoji” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Batafsil | 28.04.2015 |
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Dori-Darmon” aksionerlik kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi – “Dori-Darmon” AK dorixonalari tarmog’ida dоri vоsitаlаri vа tibbiy аshyolаrning mavjudligi haqida ma’lumot olish va qidirish” interaktiv xizmati ishga tushirildi.
Batafsil | 24.03.2015 |
Tadbirkorlik subyektlari uchun qo’shimcha imkoniyat va qulayliklar yaratish maqsadida, «O’zstandart» Agentligi tomonidan «Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali menejment tizimini sertifikatlashtirish uchun ariza yuborish va sertifikat olish» xizmati ishga tushirildi.
Batafsil | 11.02.2015 |
2015 yilning 28 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining Aloqa tarixi muzeyida Yagona portal orqali qonunchilik hujjatlari va hujjatlar loyihalarini baholash tizimini joriy qilishga oid seminar bo‘lib o‘tdi. O‘quv-seminarida 60 dan ziyod davlat organlari mutaxassislari ishtirok etdilar.
Batafsil | 28.01.2015 |
Yagona portalda tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish va qabul qilingan normativ hujjatlarni baholash bo’yicha yangi tizim ishga tushirildi.
Batafsil | 06.01.2015 |
Yagona portalda Davlat Bojxona qo‘mitasining "Yuklarni chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bo’yicha vaqtinchalik ruxsatnoma olish uchun elektron ariza yuborish" va “Reeksportga mo’ljallangan yuklarni joylashtirish bo’yicha Bojxona ruxsatnomasini olish uchun elektron ariza yuborish” interaktiv xizmatlari joriy etildi.
Batafsil | 05.01.2015 |
25 dekabr kuni poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasining tеlеkommunikatsiya tarmoqlarida keng polosali ulanish xizmatlarini ko‘rsatishga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, “O‘zbektelekom” AK hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Batafsil | 25.12.2014 |
Tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi bilan hamkorlikda Yagona portalda “O’zbekiston hududiga temir yo’l transporti vositasida olib kirilayotgan yuklar to’g’risida ma’lumot olish” xizmati yo’lga qo’yildi.
Batafsil | 22.12.2014 |
Batafsil | 11.12.2014 |
2014 yilning 9 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Davlat boshqaruvida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” mavzuidagi davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil | 10.12.2014 |
Joriy yilning 4 dekabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Huawei tech. Invesment Tashkent” kompaniyasi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi.
Batafsil | 05.12.2014 |
(UZB)Развитие сферы связи, информатизации и телекоммуникационных технологий как важного фактора повышения благосостояния народа и экономического роста страны является одним из основных приоритетов государственной политики Узбекистана. Это еще раз подтверждается принятием в нашей стране Комплексной программы развития Национальной информационно-коммуникационной системы Республики Узбекистан на период 2013-2020 годы, которая утверждена соответствующим постановлением Президента страны от 27 июня 2013 года.
Batafsil | 2013.08.22 | Manba: Mininfokom