2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
rivojlantirishni muvofiqlashtirish
bo’yicha Respublika Komissiyasi

Yagona portalda O’zbekiston hududiga temir yo’l transporti vositasida olib kirilayotgan yuklar to’g’risida ma’lumot olish xizmati ishga tushirildi


22.12.2014 Tadbirkolrik subyektlariga qulaylik yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi bilan hamkorlikda Yagona portalda “O’zbekiston hududiga temir yo’l transporti vositasida olib kirilayotgan yuklar to’g’risida ma’lumot olish” xizmati yo’lga qo’yildi. Mazkur xizmat tufayli Yagona portaldan ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilar temir yo’l transport vositalari - vagon va konteynerlar ro’yxatdan o’tgan bojxona postlari, shuningdek, yuklarning O’zbekiston Respublikasi chegarasiga yetib kelishi va o’tish muddati haqida ma’lumotga ega bo’lishlari mumkin.

Возврат к списку