2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
rivojlantirishni muvofiqlashtirish
bo’yicha Respublika Komissiyasi

TATU hamda Huawei kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi


05.12.2014 Joriy yilning 4 dekabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Huawei tech. Invesment Tashkent” kompaniyasi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida “The Telecom Seed for the Future” – yoshlar o‘rtasida telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish dasturiga muvofiq, kompaniya tomonidan universitet hamda uning hududiy filiallari professor-o‘qituvchilaridan 4 nafari va talabalaridan 10 nafari “Huawei tech. Invesment Tashkent” kompaniyasining pul mukofotlari hamda sertifikatlari topshirildi. Shuningdek, TATU hamda “Huawei tech. Invesment Tashkent” kompaniyasi bilan Talaba-yoshlar o‘rtasida telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish yuzasidan Hamkorlik shartnomasi ham imzolandi. 

Возврат к списку