2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
rivojlantirishni muvofiqlashtirish
bo’yicha Respublika Komissiyasi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali menejment tizimini sertifikatlashtirish xizmati ishga tushirildi


11.02.2015 Tadbirkorlik subyektlari uchun qo’shimcha imkoniyat va qulayliklar yaratish maqsadida, «O’zstandart» Agentligi tomonidan yangi«Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali menejment tizimini sertifikatlashtirish uchun ariza yuborish va sertifikat olish» xizmati ishga tushirildi.

Bu xizmatning afzalligi, foydalanuvchi Yagona portalda ro’yxatdan o’tib, menejment tizimini sertifikatlashtirish bo'yicha tashkilot - «O‘zstandart» Agentligining O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutiga (SMSITI) ariza yuborishi va sertifikat olishi mumkin.

Menejment tizimi sertifikatini olish jarayoni 2 bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda ariza beruvchi elektron shakldagi arizani to’ldiradi va 3 kun ichida tegishli shartnoma loyihasini oladi. Ikkinchi bosqichda ariza beruvchi imzolangan shartnomaga asosan to’lovni amalga oshirishi bilan birgalikda menejment tizimini sertifikatlash organi tomonidan audit o’tkazilgandan so’ng menejment tizimi sertifikatini qo’lga kiritadi.

Возврат к списку