2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
rivojlantirishni muvofiqlashtirish
bo’yicha Respublika Komissiyasi

Yagona portalda "O’ztransgaz" AKning yangi xizmatlari ishga tushirildi


20.08.2015 Yagona portalda "O’ztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasining gazni hisobga olish priborini o’rnatish, shuningdek gazni hisobga olish priborini yechib olish uchun ariza yuborish imkoniyatini beruvchi yangi xizmatlari ishga tushirildi.

Ushbu xizmatlardan foydalanish uchun Yuridik va jismoniy shaxslar Yagona portalda maxsus elektron shakldagi arizani to’ldirilishlari lozim. Arizachi obyektiga gazni hisobga olish pribori o’rnatilgandan so’ng gazni hisobga olish priborining foydalanishga yaroqlilik haqidagi Davlat metrologiya xizmati sertifikati nusxasi gaz ta'minoti tashkiloti mutaxassisiga taqdim etishi kerak bo’ladi. Arizada ko’rsatilgan manzilga mutaxassisning borishi va gazni hisobga olish priborini o’rnatish yoki o’rnatmaslik (sabab ko'rsatiladi) haqida dalolatnoma tuzishi bepul hisoblanadi.

Возврат к списку