2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
rivojlantirishni muvofiqlashtirish
bo’yicha Respublika Komissiyasi

Yagona portalda "Kadastr xizmatiga advokatlik so’rovini yuborish" yangi xizmati ishga tushirildi.


20.07.2015 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha Davlat qo‘mitasining advokatlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslarga mo'ljallangan "Kadastr xizmatiga advokatlik so’rovini yuborish" yangi xizmati ishga tushirildi.

Mazkur xizmat O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.07.2012 yildagi "Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-4455-sonli farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.01.2014 yildagi "Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibini takomillashtirish to'g'risida"gi 1-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha Davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda ishga tushirildi.

Advokatlik so’rovnomasi bo’yicha qabul qilingan ma’lumotlar fuqarolik, ma'muriy yoki jinoiy ishlar bo'yicha dalil bo'lib hisoblanishi mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun Yagona portaldagi maxsus elektron shaklni to’ldirish talab etiladi. Shunga muvofiq foydalanuvchi yuridik shaxslarga 3 ish kunida talab qilingan ma'lumotnoma (blank) taqdim etiladi.

Возврат к списку