Komissiyaning asosiy vazifalari:
- 2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi milliy axborot tizimini rivojlantirish kompleks dasturini loyiha va tadbirlarini to’liq amalga oshirilishini taminlash shuningdek ularni o’z vaqtida bajarilishini qat’iy nazoratga olish haqidagi davlat va xo’jalik boshqaruvi qarorlarini muvofiqlashtirish;
- “Elektron hukumat” tizimini joriy etish borasida chora-tadbir va loyihalar, mahalliy axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish amalga oshirish nuqtai nazaridan davlat organlari rahbarlari va davlat mansabdor shaxslarining javobgarligi haqidagi shaxsiy hisobotlarini hamda savollarini eshitib chiqish;
- 18-iyul 2012 – yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 4455- farmoni “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to’g’risida” vazifalariga muvofiq, davlat xizmatlarini ko’rsatishni yaxshilash borasida qaror qabul qilish va doimiy monitoringini olib borish, shu jumladan davlat organlari hamda ular tasarufidagi tashkilotlarning tartib va tuzilishini, funksional va operatsion jarayonlarini optimallashtirish;
- Axborot va kommunikatsuya texnologiyalari sohasida yangi loyihalarni ko’rib chiqish va ularni amalga oshirish boyicha qarorlar qabul qilish, zaruriyat tug’ilganda, tayyorlangan hamda muvofiqlashtirilgan loyiha hujjatlarini mavjudligini hisobga olgan xolda tasdiqlangan Kompleks dasturiga O’zgarish va qo’shimchalar kiritish;
- O’zbekiston Respublikasi Milliy axborot – komunikatsion tizimini rivojlantirishning asosiy ustuvor vazifalari va rivojlanish dasturlarini yo’nalishlari bo’yicha ishlab chiqish, uning maqsad ko’rsatkichlari va rivojlanish ko’rsatkichlarini belgilash;
- Loyihalarini amalga oshirilishi uchun ma’sul davlat organlari tomonidan kiritilayotganlarni, loyihalarni amalga oshirish bo’yicha gurux rahbarlari nomzodlarini, loyihalarni amalga oshirish bo’yicha gurux rahbarlari lavozimidan ozod qilish haqida takliflani muvofiqalshtirish;
- Yuqori sifatni ta’minlagan holda, raqobat savdolarini, tender va loyiha hujjatlarini ekspertiza muddatinini tezlashtirish, shuningdek Kompleks dasturlarini aloxida loyihalari o’rtasida mablag’larni qayta tasdiqlash borasida qaror qabul qilish;
- Byudjet tahskilotlarini axborotlashtirish boyicha loyihalarni moliyalashtirish borasida O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining xarajatlar smetasini tasdiqlash va kelishish, "Elektron hukumat" tizimini joriy etish, shuningdek milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish.