2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
rivojlantirishni muvofiqlashtirish
bo’yicha Respublika Komissiyasi

Yangiliklar


“O‘zbekiston pochtasi” faoliyatining strategik yo‘nalishlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi

Milliy matbuot markazida “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan “Milliy operator faoliyatining asosiy strategik yo‘nalishlari” mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi.

Batafsil | 04.04.2016 |

“Elektron hukumat” tizimining rivojlanishi: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari oldida turgan dolzarb masalalari muhokama qilindi

2016 yil 18 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “Elektron hukumat” tizimining rivojlanishi: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari oldida turgan dolzarb masalalar” mavzusida seminar tashkil etildi.

Batafsil | 22.03.2016 | Manba: http://mitc.uz/

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida murojaatlar soni 500 mingdan oshdi

“Navro’z” umumxalq bayrami arafasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida murojaatlar soni rekord ko’rsatkich - 500 mingdan ortdi.
2016 yil 1 iyulda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) ishga tushganiga 3 yil bo’ladi.Portal fuqarolar va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari to’g’risida ma’lumot olish hamda ushbu xizmatlardan elektron shaklda foydalanish imkoniyatini beradi.

Batafsil | 16.03.2016 | Manba: egovernment.uz

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari mutaxassislari AKTni tashkilot faoliyatiga samarali joriy etish boʻyicha oʻqitildi

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi joriy yilning 1-4 mart kunlari barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari vakillari uchun qator seminarlar oʻtkazdi.

Batafsil | 05.03.2016 | Manba: egovernment.uz

AKT sohasi tizimidagi kasb-hunar kollejlari va akademik litsey rahbarlari, o'qituvchi va ishlab chiqarish ustalari uchun seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi joriy yilning 1 mart kuni “Biznes va personalni rivojlantirish markazi”da “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hamda rivojlantirish” mavzuida o‘quv seminari tashkil etdi.

Batafsil | 01.03.2016 | Manba: mitc.uz

“Elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ faoliyatini tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida seminar tashkil etildi

2016 yil 26 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda “Elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ faoliyatini tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida seminar o‘tkazilishi tashkillashtirildi.

Batafsil | 29.02.2016 | Manba: Axborot xizmati

Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining 2015 yildagi rejasiga muvofiq, navbatdagi rejalashtirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda 2015 yilda mamlakatda radiochastotalardan noqonuniy foydalanishni oldini olish, qo‘shni mamlakatlar tomonidan to‘g‘ri foydalanilishini muvofiqlashtirish, radiochastotalar ajratish, O‘zbekistonda radioelektron qurilmalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, radio va yuqori chastotali qurilmalarning shovqinsiz ishlashini ta’minlash, mamlakatda raqamli televideniyeni joriy qilish, radiochastota spektridan foydalanishga oid me’yoriy-huquqiy asoslarni mustahkamlash, shuningdek Radioaloqa Xalqaro konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.

Batafsil | 25.02.2016 | Manba: mitc.uz

Matbuot anjumani AKT sohasida kadrlar tayyorlash masalasiga bag'ishlandi

18 fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan AKT sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Batafsil | 18.02.2016 | Manba: mitc.uz

Fuqarolarning oʻtkazilgan sugʻurta badallari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining yangi xizmati foydalanuvchiga real vaqt mobaynida ushbu jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallari summalari toʻgʻrisidagi ma’lumotni olish imkoniyatini taqdim etadi.

Batafsil | 17.02.2016 | Manba: YIDXP

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari monitoring natijalari

Joriy yilning dekabr oyida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 146 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari monitoringi o‘tkazildi.

Batafsil | 08.01.2016 | Manba: Infocom

O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini ro'yxatga qo'yish va ro'yxatdan chiqarish uchun zarur bo'lgan hujjatlar namunalarini olish

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yangi interaktiv xizmati O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini ro'yxatga qo'yish va ro'yxatdan chiqarish uchun zarur bo'lgan hujjatlar namunalarini olish imkoniyatini beradi.

Batafsil | 05.01.2016 |

2016 yilda hudularda AKTni rivojlantirishning birlamchi chora-tadbirlari muhokama qilindi

Aloqa tarixi muzeyida Komputerlashtirish markazlari mutaxassislari uchun «2016 yilda hudularda AKTni rivojlantirishning birlamchi chora-tadbirlari. Idoralararo hamkorlik tizimi va E-ijro tezkor nazorat-monitoring tizimida ishlash» mavzuida o'quv-seminari tashkil etildi.

Batafsil | 30.12.2015 |

B.A. Olmatov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi qaroriga muvofiq, Bahromjon Adxamovich Olmatov O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Batafsil | 28.12.2015 |

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va «elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17 dekabr kuni jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risidagi axborotning yagona markazlashtirilgan manbaini shakllantirish, shuningdek davlat xizmatlarini ko‘rsatishda va idoralararo elektron hamkorlik qilishda “Elektron hukumat” tizimining foydalanuvchilarini haqiqiy identifikatsiyalashni ta’minlash maqsadida,  “Jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va “elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Batafsil | 21.12.2015 |

Prezident tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risidagi”

2015-yilning 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekdi.

Batafsil | 10.12.2015 |

"O‘zbekistonda "elektron hukumat"ning asosi, holati va istiqboli" mavzuida bepul mashg‘ulotlar tashkil etildi

UZINFOCOM STUDY nodavlat o‘quv markazi tomonidan o‘tkazilgan treningda ishtirok etganlarning asosiy qismi davlat idoralarining mas’ul xodimlari va ixtiyoriy ishtirokchilar bo‘lishdi. Mashg‘ulotlarda "elektron hukumat" rivojining bugungi holati, loyihalar va me’yoriy-huquqiy asos xususida to‘xtalib o‘tildi.

Batafsil | 26.11.2015 |

Parlament quyi palatasi a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Elektron hukumat to‘g‘risida"gi Qonunining loyihasi ma’qullandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 18 noyabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Parlament quyi palatasi a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Elektron hukumat to‘g‘risida"gi Qonunining loyihasi ma’qullandi.

Batafsil | 20.11.2015 |

Aloqa operatorlarining kod va prefikslarini aniqlashga xizmat qiluvchi yangi interaktiv xizmati ishga tushirildi

"O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarining kod va prefikslari" xizmati yordamida mobil aloqa foydalanuvchilari O‘zbekistonda simli va simsiz aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi operatorlarning kodlari hamda prefikslarini aniqlashlari mumkin bo‘ladi.

Batafsil | 18.11.2015 |

Yagona portalda yangi interaktiv xizmat joriy qilindi

Yagona portalda Davlat soliq qo‘mitasining “Yuridik shaxslarga berilgan imtiyozlar ma’lumotnomasi” nomli yangi xizmati ishga tushdi. Bu xizmat soliq toʻlovchi yuridik shaxslarga soliq turi boʻyicha soliq toʻlovchilar toifasi, imtiyoz turi, amal qilish muddati, shuningdek soliq imtiyozlari taqdim etilishiga asos boʻladigan normativ-huquqiy hujjat toʻgʻrisidagi axborotni bir zumda olish imkoniyatini beradi.

Batafsil | 28.10.2015 |

Yagona portalda navbatdagi yangi xizmat joriy etildi

Yagona portalda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasining Toshkent shahri hududida xususiy uy-joy borligi (yo`qligi) to`g`risidagi ma'lumotni olish imkoniyatini beruvchi yangi xizmati ishga tushirildi.

Batafsil | 19.10.2015 |


Новости 1 - 20 из 45
Начало | Пред. | 1 2 3 | След. | Конец Все