2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
rivojlantirishni muvofiqlashtirish
bo’yicha Respublika Komissiyasi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari monitoring natijalari


08.01.2016

Joriy yilning dekabr oyida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 146 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari monitoringi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan monitoring natijasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan YIDXP orqali taqdim etilayotgan 726 ta interaktiv davlat xizmatlari to‘laqonli amalga oshirilayotganligi, qolgan 20 ta interaktiv davlat xizmatlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan to‘liq amalga oshirilmayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etildi.


Возврат к списку