2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
rivojlantirishni muvofiqlashtirish
bo’yicha Respublika Komissiyasi

"O‘zbekistonda "elektron hukumat"ning asosi, holati va istiqboli" mavzuida bepul mashg‘ulotlar tashkil etildi


26.11.2015 UZINFOCOM STUDY nodavlat o‘quv markazi tomonidan o‘tkazilgan treningda ishtirok etganlarning asosiy qismi davlat idoralarining mas’ul xodimlari va ixtiyoriy ishtirokchilar bo‘lishdi. Mashg‘ulotlarda "elektron hukumat" rivojining bugungi holati, loyihalar va me’yoriy-huquqiy asos xususida to‘xtalib o‘tildi.

Ishtirokchilar "elektron hukumat"ning tarkibiy elementlari hisoblangan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz) faoliyati, shuningdek aholi hamda tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, yaratilgan imkoniyatlar haqida mufassal bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ldilar.

Mashg‘ulotlar mobaynida me’yoriy hujjatlarning ta’sirini o‘rganish tizimi - regulation.gov.uz resursining faoliyatiga oid taqdimotlar ham tinglandi.

Возврат к списку