2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
rivojlantirishni muvofiqlashtirish
bo’yicha Respublika Komissiyasi

2016 yilda hudularda AKTni rivojlantirishning birlamchi chora-tadbirlari muhokama qilindi


30.12.2015 Aloqa tarixi muzeyida Komputerlashtirish markazlari mutaxassislari uchun «2016 yilda hudularda AKTni rivojlantirishning birlamchi chora-tadbirlari. Idoralararo hamkorlik tizimi va E-ijro tezkor nazorat-monitoring tizimida ishlash» mavzuida o'quv-seminari tashkil etildi.

O'quv mashg‘ulotlarida tadbir tashkilotchilari O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «UNICON.UZ» DUK, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi mutaxassislari ishtirok etdilar.

Seminar Davlatimiz rahbarining 2015 yil 28 sentabrdagi «Tadbirkorlik subyektlariga «yagona darcha» tamoyili bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 2412-sonli qarori ijrosi asosida tashkil etildi.

Taqdimotlar jarayonida elektron hujjat almashinuvi, elektron raqamli imzodan foydalanisha oid qonunchilik, yetkazib berish kelishuvlarini qulaylashtirish, jismoniy va yuridik shaxslar uchun raqamli elektron imzolarni ishlab chiqishni takomillashtirish, «Е-КАЛИТ» apparat-dasturidan foydalanish, idoralararo hujjat almashinuvi tizimiga ulanish hamda «Е-IJRO» tezkor monitoring-nazorat tizimidan foydalanishning zamonaviy zarurati va talablariga diqqat qaratildi.

Shuningdek, 2016 yilda hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo'nalishida amalga oshirilishi lozim bo'lgan dolzarb vazifalar qayd qilindi, Komputerlashtirish markazlarining joriy holati o'rganildi. «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi mas'ul xodimlari ishtirokida 2015 yilning III choragida davlat idoralarida AKT joriy etilishining reytingi muhokama qilinib, yutuq va kamchiliklar to'g'risida ma'lumot berildi.  

Возврат к списку