2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
rivojlantirishni muvofiqlashtirish
bo’yicha Respublika Komissiyasi

Aloqa operatorlarining kod va prefikslarini aniqlashga xizmat qiluvchi yangi interaktiv xizmati ishga tushirildi


18.11.2015
"O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarining kod va prefikslari" xizmati yordamida mobil aloqa foydalanuvchilari O‘zbekistonda simli va simsiz aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi operatorlarning kodlari hamda prefikslarini aniqlashlari mumkin bo‘ladi.

Biror mobil operatori yoki hududga mansub telefon raqamining prefiksi, ya’ni birinchi uch raqamini tegishli katakchalarda ko‘rsatish orqali telefon raqamining muayyan kodlar orqali qaysi hududlarda foydalanilayotgani to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish mumkin.

Misol uchun, siz qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lgan, "157" raqami bilan boshlangan telefon raqamining kodini yoki uning qaysi hududga tegishli ekanligini bilmaysiz. Telefon raqamining ilk uchta old raqamlarini, ya’ni "157"ni tegishli katakka kiritib, "Tekshirish" tugmasini bosing. Shunda sizga ushbu old raqamli telefon raqamlari orqali 4 nafar mobil aloqa operatorlari tomonidan Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida aloqa xizmati ko‘rsatilishi to‘g‘risida ma’lumot taqdim qilinadi.

Возврат к списку