2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
rivojlantirishni muvofiqlashtirish
bo’yicha Respublika Komissiyasi

Elektron hukumat


Jarayon (angl. process) tashkilot (tizim) muxitiga kiritilgan kuch va vositalarni (resurslarni) chiqishda istemolchi uchun qimmatli maxsulotga aylantiruvchi xarakatlarning izchil ketmaketligi (Ilova 1).

Boshqaruv jarayonlari tashkilot (tizim) faoliyat yuritishini taminlovchi, ya’ni o’zgaruvchi tashqi tasirlarga moslashtiruvchi jarayonlardir. Xususan, faoliyatni rejalashtirish, tartibga solish, muvofiqlashtirish, rivojlantirish, shuningdek bu bilan bog’liq qarorlar qabul qilish va ijrosini nazorat qilish boshqaruv jarayonlaridir.

Operatsion jarayonlar tashkilotnining (tizimning) zimmasi va vakolatidagi asosiy faoliyati, jumladan vazifasi, maxsuloti va xizmati yaratiladigan, shuningdek asosiy daromadi shakllantiriladigan jarayonlardir.

Ko’maklashuvchi-funksional jarayonlar operatsion va boshqaruv jarayonlari uchun xizmat qiladigan jarayonlar. Jumladan, tashkilotning xodimlar bo’limi, kanselyariya, umumiy bo’lim, xo’jalik ishlari bo’limi, buxgalteriya, yuridik xizmatlar singari bo’limlarining faoliyatidagi vazifalar misol bo’ladi.

Ma’muriy jarayonlar – boshqaruv, operatsion va ko’maklashuvchi-funksional jarayonlar yig’indisi (Ilova 2; 1-2-jadvallar);

Reinjiniring (angl. Reengineering) vazifa, maxsulot va xizmatlar sifati, muddati, tannarxi va servis darajasini qisqa muddat ichida keskin oshirish uchun boshqaruv, operatsion va ko’maklashuvchi jarayonlarini tubdan qayta tashkillashtirish (optimallashtirish) xamda axborot texnologiyalariini joriy etish orqali kardinal ravishda islox qilish tadbiri.

Optimallashtirish – barcha turdagi resurslar sarfini yakuniy natija sifati bilan oqilona muvozanatlashgan nisbatini topish va unga erishish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar komleksi. Uni amalga oshirish natijasida resurslarni isrofgarchiliksiz, aniq maqsad va vazifalar uchun samarali yo’naltirish, shuningdek sifat ko’rsatgichlarining eng yuqori (ekstrimum) parametrlariga erishish imkoniyati yaratiladi.

Funksiya va xizmatlar – ixtisoslashgan davlat va xo’jalik boshqaruv organlari va ularning tuzilmaviy bo’limlari tomonidan, iste’molchilarning extiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan vazifalar. Vazifalar - jarayon, loyixa va funksional faollik shaklid bo’lishi mumkin.

BPMN (BusinessProcessModelandNotation)faoliyat jarayonlarini diagramma shaklida modellashtirish va tavsiflash uslubi bo’lib u mazkur formatda qo’llaniladigan shartli belgilar tizimidan iborat.

Kontatktsiz muloqot – davlat va xo’jalik boshqaruv organlari funksional vazifalarini bajarish, maxsulot ishlab chiqarish va yetkazib berish yoki xizmat ko’rsatish jarayonlarining yakuniy maxsulini iste’molchining interaktiv murojaati asosida, inson omili ishtirokisiz, ya’ni ixtisoslashgan tizimlar, mexanizmlar va vositalar orqali yetkazib berishini nazarda tutuvchi, o’zaro interaktiv munosabat shaklidir.

Rudiment protseduralar – boshqaruv tizimi va usullarining rivojlanishi, takomillashuvi natijasida o’zining asl moxiyatini yo’qotgan, ammo tartibotlarda o’rnashib qolgan funksional protseduralar. Bu protsedurlar amalga oshiriladigan funksiya yoki ko’rsatiladigan xizmat sifatiga qimmat qo’shmaydi, balki o’zini oqlamaydigan qo’shimcha, ortiqcha resurs sarflanishiga, maxsulot/xizmatlar tan narxi va qiymatini oshirib yuboruvchi omil sifatida faoliyat samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan tarkibiy tuzilma yoki amaliyot hisoblanadi.

Umumiy qoidalar

Ma’muriy jarayonlar reinjiniringi unga turdosh usullaridan farqli ravishda, qisqa muddatda eskirgan, o’zini oqlamagan samarasiz usullar va vositalardan, rudiment jarayonlardan butunlay voz kechish xamda jarayonlarga zamonaviy AKTni joriy etish orqali mamuriy jarayonlarni tubdan isloh qilishni nazarda tutadi.

Bunda ma’muriy jarayonlarni amalga oshiruvchi davlat va xo’jalik boshqaruv organlari manfaatlari emas, balki, faqat va faqat istemolchi fuqarolar manfaatlari, ularning extiyojlari, talabi va shart-sharoitlari birlamchi hisoblanadi.

Davlat va xo’jalik boshqaruv organlarning mutassadi rahbarlari, mas’ul xodimlari va xizmatchilari tomonidan reinjiniring tadbirlarini paysalga solishga bo’lgan harakat va intilishlari, davlat xizmatlarini modernizatsiyalashga yo’naltirilgan islohotlarga jiddiy to’siqlar yaratishi mumkin.

Reinjiniringni quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:

1. Siyosiy qaror va hohish-irodaning mavjudligi;

2. Samaradorlik – asosiy omil sifatida;

3. Iste’molchi uchun qulayliklar yaratish;

4. Jarayonlarning funksiyalarga nisbatan afzallikka ega bo’lishi;

5. Vakolatlarni quyi bo’limlarga va mutaxassislarga topshirish;

6. Innovatsion yondashuv;

7. Muammoli masalalarni aniqlashda ichki va tashqi muhitni uzviy o’rganish.

Ushbu tamoyillarga va reinjiniring tadbirining asosiy omillariga ko’ra, ma’muriy jarayonlar reinjiniringini amalga oshirishda yuqori lavozimdagi rahbarlarning siyosiy qaror va hohish-irodalari birlamchi omil hisoblanadi va reinjiniring tadbirlarini “yuqoridan pastga” qarab amalga oshirish uchun asosiy turtki vositasini o’taydi.

Ma’muriy jarayonlar reinjiniringi natijasida ham davlat organlari, ham iste’molchilar (aholi, tadbirkorlik sub’yektlari) manfaatdor bo’lishini ta’minlash joiz. Bunda barcha ortiqcha, takroriy va salbiy byurokratik to’siqlar bartaraf etilib, faqatgina “zaruriy byurokratiya”ga yo’l qo’yiladi. YA’ni, aholi va tadbirkorlar uchun ma’muriy yukning minimal zaruriy ko’rinishlarigagina yo’l qo’yiladi.

Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda “proaktiv” xizmatlar konsepsiyasi ilgari surilmoqda, ushbu konsepsiyaga muvofiq, ayrim davlat xizmatlari uchun hattoki iste’molchilarning murojaatlari ham talab qilinmaydi. Masalan, farzand tug’ilishi bilan mahalliy hokimiyatlar tomonidan bolalar bog’chasi va umumta’lim maktabiga ro’yxatga olish xizmati “proaktiv” xizmatlar ro’yxatiga kiradi.

Aksariyat hollarda davlat va xo’jalik boshqaruv organlarida har bir tarkibiy funksional bo’linma tomonidan faqatgina mazkur bo’linmaning funksiyalari doirasida e’tibor qaratilib, yakuniy natija rahbariyatdan tashqari hech kimni qiziqtirmaydi. YA’ni, har bir funksional bo’lim qo’yilgan masalaning yoki jarayonning faqatgina bir qismi bilan shug’ullanishi hamda boshqa bo’limlar faoliyatidan doimiy ravishda xabardor bo’lmasligi va umumiy muvofiqlashtirishning sustligi natijasida jarayonlarda nuqsonlar vujudga kelishi kuzatiladi. Ma’muriy jarayonlar reinjiniringi jarayonlarni yaxlit holatda nazorat qilish mexanizmlarini joriy qilishni nazarda tutadi va yakuniy natijaga barcha tarkibiy bo’linmalar tomonidan qiziqish bo’lishini ta’minlashga undaydi.

Ayrim turdagi qarorlarni qabul qilish vakolatlarini quyi tashkilotlarga tushirish va Markaziy apparatga xos bo’lmagan funksiya va vazifalarni quyi tashkilotlarga berish orqali amalga oshirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Reinjiniring tadbirlarini o’tkazishda yangi g’oyalar uchun cheklovlar o’rnatilishi mumkin emas, har qanday yangi g’oyalar davlat xizmatini kelajakdagi yangi modeli uchun muhimdir.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ayni paytda ishlayotgan samarasiz tizimlarda emas, balki ma’muriy jarayonlari reinjiniringi natijasida yaratilgan yangi tizimlarda qo’llanilgan taqdirdagina yuqori samaradorlikka olib keladi. YA’ni, boshqa so’z bilan aytganda samarasiz tizimlarni avtomatlashtirish qisqa muddatda ma’lum vazifalarni soddalashtirsada, iste’molchilar uchun yetarli darajada qulayliklar yaratmaydi, balki eski tizimning barcha nuqsonlarini yanada ko’proq namoyish qiladi. SHuning uchun ham AKT vositalarini reinjiniring tadbirlari asosida yaratilgan yangi tizimlarda tadbiq etish maqsadga muvofiq.

Ma’lumki, bugungi kunda ayrim turdagi davlat xizmatlarini ko’rsatishda ikki va undan ortiq ma’muriy organlar ishtirok etadi. SHu sababli, ma’lum bir xizmatga aloqador bo’lgan va ushbu xizmatni ko’rsatishda ishtirok etayotgan mazkur ma’muriy organlarda ham har bir ma’muriy jarayonlarni o’rganish talab etiladi. Bundan tashqari, reinjiniring tadbirlari mobaynida muammoli masalalar mazkur davlat xizmatlaridan foydalanuvchi aholi va tadbirkorlik sub’yektlaridan so’rovnoma yo’li bilan aniqlanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Bundan tashqari, ayrim turdagi eng ko’p uchraydigan xatoliklar mavjudki, ular reinjiniring tadbirlarini muvaffaqiyat qozonishiga jiddiy to’sqinliklar yaratadi. (3-jadval)

Nisbatan qisqa muddatda katta odimlar bilan yuqori pog’onaga ko’tarilish, eng ilg’or ko’rsatgichlarga erishish vazifasi eskirgan, o’zini oqlamayotgan usullar, kuch va vositalarning baxridan o’tish, ma’muriy va xo’jalik boshqaruvidagi rudiment protseduralardan butunlay voz kechish orqali an’anaviy faoliyat tarkibini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan xolda tubdan islox qilish orqali amalga oshiriladi.

Bunday natijaga erishish uchun reinjiniring uslubining zaruriylik va yetarlilik shartlari asosida shakllantirilgan quyidagi tadbirlar aniq maqsad va o’zgarmas mo’ljal sifatida qat’iy mustaxkamlab qo’yilishi joiz:

1) davlat organlari va davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini keskin oshirish va baxolash mexanizmlarini xatosiz ishlashini ta’minlash;

2) davlat va xo’jalik boshqaruv organlari funksiyalari, xizmatlari va maxsulotlari sifatini global raqobat talablaridan ham yuqori darajasigacha oshirish;

3) davlat organlari funksiyalarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish va maxsulot ishlab chiqish me’yor-tartiblari faqat va faqat iste’molchi shart-sharoitiga mos bo’lgandagina tasdiqlanishiga erishish;

4) jarayonlarni qayta tartibga solishda mantiqiy va funksional jixatdan izchillik va uzluksizlikni ta’minlash;

5) uzundan uzoq, murakkab, samarasiz ma’muriy va funksional jarayonlarga butunlay barxam berish yoki eng minimal darajagacha soddalashtirish;

6) ortiqcha va bir birini takrorlovchi ma’muriy va funksional jarayonlarga barxam berish, voz kechish;

7) jarayonlardagi byurokratik g’ov va korrupsion sxemalarni tashkil etuvchi omillariga va muxitiga qarshi kurashish, yo’qqa chiqazish, xamda qayta g’ovlashga imkon bermaydigan innovatsion, kontaktsiz boshqaruv mexanizmlarini ishlab chiqib tizimning butun tarmog’ida keng ko’lamda joriy etish;

8) zamonaviy axborot kommunikatsiya tizimlarini joriy etish orqali avtomatlashtirish tadbirlarini faqat va faqat reinjiniring orqali optimallashtirish jarayonlaridan so’nggina amalga oshirish asosiy va birlamchi shart ekanligini qonun hujjatlarida mustaxkamlab qo’yish;

Reinjiniring doirasidagi optimallashtirish tizim zimmasidagi funksiyalarni bajarish uchun sarflanadigan o’zining hisobidagi, katta-kichikligidan qat’iy nazar, tashkiliy-tuzilmaviy, me’yoriy-huquqiy, moddiy-moliyaviy, mehnat, axborot va vaqt resurslari, shuningdek boshqa barcha kuch va vositalarning xar biridan unumli, o’z o’rnida, eng maqbul kombinatsiyalarda va motivatsion faollashtirish asosida foydalanishni nazarda tutadi.

Reinjiniringda ortiqcha jarayon va ob’yektlardan voz kechishga urg’u beriladi. Hususan:

1) Katta xajmdagi, qayta ishlanmaydigan va taxlil uchun foydalanilmaydigan, yakuniy natijaga qimmat qo’shmaydigan ma’lumotlarni qayta-qayta kiritish, uzatish, almashish, zaxiralarini ko’paytirish amaliyotlaridan vozkechish;

2) Ortiqcha, foydasi tegmaydigan inventar, moddiy-texnik resurslar zaxirasi va boshqa aktivlarni manfaatli loyihalar uchun safarbar etish;

3) Funksional jarayonlarning xar xil bosqichlarida bir xil vazifalarni takrorlanishi xolatlariga yo’l qo’ymaslik;

4) Faoliyatining yakuniy natijasi noaniq, mavxum va mantiqsiz bo’lgan tuzilmaviy bo’limlar, lavozim va xizmat vazifalarini bekor qilish;

5) Bir birini maqsad va vazifalarini, funksiya va vakolatlarini takrorlovchi tuzilmalarni uyg’unlashtirish, birlashtirish yoki qisqartirish tadbirlari resurslar ortiqcha sarfini optimallashtirishning kardinal shakli sifatida qaraladi.

Reinjiniring xulosalarini shakllantirishda:

- jarayonlarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni o’ta murakkabligi, izox va xavolalarni xaddan ziyod ko’pligi xolatlarini bartaraf etish;

- istemolchilarga samimiylik, beg’arazlik, g’amho’rlik, daxldorlik xislari bilan munosabatda bo’lish madaniyatini ommalashtirish ruxi aniq sezilib turishi lozim;

Reinjiniring davlat organlari va xizmatchilari funksiyalarini bajarish, xizmatlar ko’rsatish va maxsulot ishlab chiqarish:

1. jarayonini soddalashtirish;

2. jarayonlarining bosqichlari va qadamlari sonini qisqartirish;

3. muddatlarini qisqartirish;

4. ishtirok etuvchi davlat va xo’jalik boshqaruv organlari sonini qisqartirish;

5. talab etiladigan hujjatlar sonini qisqartirish;

6. resurslar sarf-xarajatini optimallashtirish;

7. davlat boji va murojjatni ko’rib chiqish to’lovlarni optimallashtirish;

8. norasmiy to’lovlarga batamom barxam berish ko’rsatkichlari va me’zonlari orqali baxolanadi.

Hususiy kapital hisobiga faoliyat ko’rsatuvchi xo’jalik yuritish sub’yektlari reinjiniring tadbirlarini o’tkazishdan katta iqtisodiy foyda ko’radilar va shuning uchun reinjiniring tadbirlarini tezroq, samaraliroq va keng ko’lamda o’tkazishdan manfaatdor bo’ladilar. Ulardan farqli o’laroq iste’molchilarning soliq va boshqa qonuniy to’lovlari hisobiga shakllanadigan davlat byudjeti hisobidan faoliyat yurituvchi davlat boshqaruv organlari xamda davlat ulushi katta bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’yektlar esa, odatda reinjiniring tadbirlarini samarali va keng qamrovda amalga oshirishni paysalga solish va latent ko’rinishdagi to’siqlar yaratishga xarakat qiladilar.

CHunki, reinjiring tadbirlari ularni innovatsion boshqaruv usullarini o’zlashtirish, o’zilarining kasbiy maxoratlarini muttasil oshirib borish, iste’molchi manfaatlarini tashkilot va xususiy manfaatlaridan ustun qo’yish, resurslarni maqsadli sarflash, tez va sifatli ishlash singari yangicha talablar asosida faoliyat yuritishga majbur qiladi. SHu munosabat bilan bu toifadagi vazirlik-idora va tashkilotlarda reinjiniring tadbirlarini samarali o’tkazilishi birinchi raxbarning avvalam bor siyosiy idroki, ma’naviy va mafkuraviy immunitetining mustaxkamligi, zamonaviy dunyoqarashi, professional darajasi, omilkorligi va tadbirkorligi, g’ayrat-shijoati, ayniqsa ruxiyatida mardlik, vatanparvarlik va xalq dardiga daxldorlik tuyg’usining ustuvorligiga bevosita bog’liq.

Davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xar qaysi darajadagi mutassadi raxbari, mas’ul xodimlari va xizmatchilari tomonidan reinjiniring tadbirlarini asossiz ravishda paysalga solishga bo’lgan “xarakat va intilish”lari ularning fuqarolik pozitsiyasining davlat boshqaruvi organlarini modernizatsiyalashga yo’naltirilgan isloxotlarning siyosiy axamiyatini anglay olmasligi sifatida baxolash uchun belgi (signal) va tegishli xulosa chiqarilishiga asos bo’lishiga axamiyat qaratiladi.

Vazirlik-idora, tashkilot raxbari reinjiniring tadbirlarini o’tkazish uning zimmasiga yangi, innovatsion shart-sharoitlarda faoliyat yuritishni o’zlashtirish, ko’nikmalarni shakllantirish bilan bog’liq murakkab, ammo sharafli mas’uliyat yuklashini ham anglashi, unga ruxan va professional darajada tayyorgarlik ko’rishi, nostandart sharoitlarda karxt xolatga tushib qolmay, yechimini operativ ravishda topish va hal etish, sharoit jilovini o’z qo’liga, javobgarlikni o’z zimmasiga olish, ya’ni jarayonni nazorat qilib bora olish vazifasini yuklaydi.


MA’MURIY JARAYONLAR REINJINIRINGI TADBIRINI TAYYORLASH VA O’TKAZISH BOSQICHLARI

Ma’muriy va operatsion jarayonlar reinjiniringini o’tkazish lozimligini aniqlash me’zonlari

Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari faoliyatidagi ma’muriy va operatsion jarayonlarni reinjiniring orqali optimallashtirmasdan turib, joriy amaliyotni to’g’ridan to’g’ri avtomatlashitirib qo’yish mumkin emas. YA’ni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni reinjiniring tadbiri bilan birgalikda, bevosita bog’liq xolda amalga oshirilishi zaruriy shartdir. Bu shart BPR va IKT ning uzviy bog’liqlik konsepsiyasi bilan ifodalanadi. (Ilova 3)

Davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyatlari organlarida Ma’muriy va operatsion jarayonlar reinjiniringi tadbirlarini o’tkazish zarurligi quyidagi me’zonlar orqali aniqlanadi:

Muassasa tashkiliy tuzilmasining yiriklashib ketishi;

Jalb etiladagan tuzilma, tashkilotlar, bo’lim, xodim va ishtirokchilar soni ko’pligi;

Kelishish jarayonlarini murakkabligi va uzayib ketishi;

Xizmat ko’rsatish tartiblarining murakkabligi;

Me’yoriy tartiblarni byurokratik to’siqlarga aylanib ketishi;

Xizmat ko’rsatish muddatlarini uzayib ketishi;

Xizmat ko’rsatish sifatini pasayib ketishi;

Sarf-xarajatlarning ortib ketishi;

Xizmat ko’rsatish uchun sarflanadigan resurslar hajmining kattaligi va yakuniy natija qimmatiga nomuvofiqligi;

Talab etiladigan hujjatlar sonining ko’pligi;

Jarayon ichida ham paydo bo’ladigan xujjatlar mavjudligi;

Asosiy funksiya va vazifalardan og’ish;

Faoliyat samaradorligini pasayib ketishi;

Korrupsion omillar va muxit mavjudligi;

Hisobotlarda shaffoflikning yo’qolishi;

Real xolatni baxolash mexanizmlarini yo’qligi yoki buzilishi;

Iste’molchi va foydalanuvchilar e’tiroz va shikoyatlarining ortib ketishi;

Qonun buzilish xolatlarining davriy tus olishi;

Tizimli muammolarni uzoq vaqt yechimini topmasligi.

Vazirlik-idora yoki tashkilot faoliyati samaradorligini monitoring qiluvchi reja-iqtisodiyot, strategik rejalashtirish bo’limlari, revizion komissiyalari yoki turdosh funksiyalarni bajaruvchi tuzulmaviy bo’linmalari tomonidan mazkur mezonlarning kuzatilishi birinchi raxbar tomonidan ma’muriy va operatsion jarayonlarini reinjiniring qilish tadbirlarini o’tkazish rejasini tuzish uchun belgi (signal) vazifasini bajarishi lozim.

Reinjiniring tadbiri birinchi bor o’tkazilayotgan tashkilotlarda 7 ta bosqichdan iborat birlamchi reinjiniring tadbirlarini o’tkazish maqsadga muvofiq (Ilova 4). Keyingi reinjiniring tadbirlari xar 4-5 yilda bir marotaba o’tkazib boriladi. Ikkinchi va undan keyingi reinjiniring tadbirlari quyida tavsiflangan standart shaklda, 5 bosqichda amalga oshiriladi (Ilova 5, 4-jadval):

1. Tashkiliy tayyorgarlik bosqichi;

2. Reinjiniring ob’yekti muxitini taxlil qilish bosqichi;

3. Reinjiniring ob’yekti joriy faoliyatini taxlil qilish bosqichi;

4. Reinjiniring ob’yekti istiqbolli modelini loyhalash bosqichi;

5. Istiqbolli model loyhasini joriy etish bosqichi.

Tashkiliy tayyorgarlik bosqichi

Davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida reinjiniring tadbirlarini o’tkazish rejasining birinchi bosqichida quyidagi tashkiliy-tayyorgarlik masalalari inobatga olingan bo’lishi lozim:

Ma’muriy va funksional jarayonlar reinjiniringi tadbirini o’tkazish haqida me’yoriy xuquqiy xujjatni rasmiylashtirish;

Reinjiniring tadbirlarini o’tkazish Ishchi guruxini tuzish;

Muammoli ob’yekt (tashkilot, xizmat) larni va me’zonlarni aniqlash;

Vazifalarni belgilash va taqsimlash;

Ishchi gurux rejasini tuzish.

1) Ma’muriy va funksional jarayonlar reinjiniringi tadbirini o’tkazish haqida me’yoriy xuquqiy xujjat reinjiniring o’tkazilishi tashabbuskori bo’lgan organ tomonidan qabul qilinadi. Bu organlar davlat hokimiyati markaziy organlari, Vazirlik idora yoki reinjiniring tadbirlarini o’tkazish vakolatiga ega idora-muassasalar yoki tegishli litsenziyaga ega konsalting kompaniyalari ham bo’lishi mumkin. Meyoriy hujjatda reinjiniring tadbirlarini o’tkazish muddatlari, tadbir uchun mas’ul muassasalar, javobgar ijrochilar xamda moliyalashtirish manbaalari albatta qayd etilgan bo’lishi lozim.

2) Reinjiniring tadbirlarini o’tkazish Ishchi guruxi tarkibini tegishli me’yoriy xujjat qabul qilgan organ belgilaydi. Ishchi gurux a’zolarining 30 % gacha vazirlik-idora mas’ul xodimlaridan (bu tarkibga birinchi raxbar albatta kiritiladi), 70 % esa reinjiniring tadbirlarini o’tkazuvchi vakolatli tashqi organ ekspertlaridan iborat bo’ladi. Ishchi gurux a’zolari soni vazirlik-idora xajmiga qarab 5-30 kishidan iborat bo’lishi mumkin. Ishchi gurux tarkibi loyiha raxbari, loyixa koordinatori, ekspertlar, vakillardan iborat bo’lishi mumkin. Ishchi guruxi a’zolari tarkibidagi ekspertlar tizimli tahlilchilar, iqtisodchilar, huquqshunoslar, sotsiologlar, AKT muxandislari singari ixtisosliklar bo’yicha oliy ma’lumotga, ilmiy va amaliy ko’nikmaga ega, “Tizimli tahlil” (System Analyst, SA) yoki “Biznes-tahlil” (Business Analyst, BA) yo’nalishi, ixtisosligi bo’yicha malaka va tajribaga ega mutaxassislardan tuzilishi lozim.

3-5) Ishchi guruxining birinchi yig’ilishida muammoli ob’yekt (tashkilot, bo’linma, xizmat yoki jarayon), obektni baxolash mezonlari va parametrlarini aniqlash, ishchi gurux a’zolari orasida vazifalarni belgilash, taqsimlash va ishchi gurux rejasini tuzish masalalari hal etilishi maqsadga muvofiq. Ishchi gurux a’zolari ish rejasida belgilangan xizmat vazifalari bo’yicha ishlarni olib boradilar va davriy ravishda o’tkaziladigan “aqliy hujum” uslubidagi ishchi taqdimotlarda faoliyat natijalari sarhisob qilinadi va muvofiqlashtiriladi.

Reinjiniring ob’yekti muxitini taxlil qilish bosqichi

Davlat va xo’jalik boshqaruv organi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ichki buruqlari bilan tashkil tilgan ishchi guruxi tasdiqlagan rejaga muvofiq o’z faoliyatini muammoli ob’yektning bevosita o’rganishdan boshlaydi. Muammoli ob’yekt faoliyatini o’rganish quyidagi 3 ta soxada amalga oshiriladi:

Ochiq manbaalarni o’rganish;

Ichki muxitini o’rganish;

Tashqi muxitini o’rganish.

1) Ochiq manbaalarni o’rganish jarayoni tashkilot faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlari, tashkiliy-tuzilmasi, shtat jadvali, funksiya va xizmatlarining umumiy ro’yxati, xizmat vazifalari taqsimoti, asosiy va yuklatilgan vazifalari bo’yicha oylik, chorak va yillik ko’rsatgichlari, faoliyati bo’yicha chorak va yillik hisobotlari bo’yicha taxlil ishlarini amalga oshiriladi. Tashkilot faoliyatining huquqiy ta’minoti darajasini o’rganish jarayonida me’yoriy-huquqiy xujjatlar vertikali bo’yicha hukumat darajasidagi birlamchi xujjatlardan tortib toki xar bir xodimning lavozim yo’riqnomasi va xizmat vaifalari taqsimotigacha bo’lgan barcha huquqiy hujjatlarning o’zaro bog’liqligi, uyg’unligi, yuqori turuvchi xujjatga mantiqan va mazmunan mosligi, amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi tartib va shartlari asosida kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalarni o’zida aks ettirishi singari jixatlariga aloxida e’tibor qaratiladi. SHuningdek, xronologik tahlil asosida me’yoriy-huquqiy aktlar va hujjatlarga 1990 yildan boshlab xozirgi kunga qadar kiritilgan qo’shimcha o’zgartirishlar mazmunidan kelib chiquvchi tendensiya va motivatsiyalarning yo’nalish va maqsadlari, oqibat va natijalarga bog’langan holda, o’rganiladi va aniqlanadi. Ushbu tadbir yakuni axborot taxliliy ma’lumotnoma tayyorlashdan iborat bo’ladi (5-jadval).

2) Ichki muxitini o’rganish tashkilotning barcha tuzilmaviy bo’limlari zimmasidagi vazifalar bilan bog’liq funksional va operatsional jarayonlarning joriy tartibini o’rganish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda kuzatuv, inter’v’yu, ijtimoiy so’rov, modellashtirish, tizimli taxlil usullaridan foydalaniladi. Ushbu bosqichda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida yig’ilgan ma’lumotlar bo’yicha taxliliy ishlar amalga oshiriladi va tadbir yakunida axborot taxliliy ma’lumotnoma tayyorlanadi.

3) Tashqi muxitni o’rganishning birinchi yo’nalishi Tashkilot zimmasidagi funksiya va vazifalarini bajarish jarayonlarida xamkorlik qiladigan bo’linma, bo’lim, boshqarma, departament, tuzilmaviy korxona yoki boshqa vazirlik-idoralar bilan o’zaro faoliyati munosabatlarini o’rganishni nazarda tutadi. Bunda o’zaro munosabat doiralarini, tartiblarini, jarayonlarini, normativ-huquqiy ta’minotini bevosita va bilvosita o’rganib chiqish mumkin.

Tashqi muxitni o’rganishning ikkinchi yo’nalishi tashkilotning zimmasidagi funksiyalar, xizmatlar va maxsulotlari iste’molchilarining qanoatlanish darajasini aniqlashtirishga qaratiladi. Iste’molchi jismoniy shaxs, yuridik shaxs, davlat yoki nodavlat organlari ham bo’lishi mumkin. Istemolchilarning tashkilot faoliyatiga beradigan baxosi belgilab olingan me’zonlar asosida shakllantiriladi. Bunday mezonlar sirasiga tashkilot funksiyalarini bajarilishining me’yoriy tartiblari, muddatlari, narxlari, axborot ta’minoti, servis darajasi, davlat xizmatchilarining malaka darajasi singari me’zonlarni kiritish mumkin.

Tashqi muxitni o’rganishning uchinchi yo’nalishi sifatida tashkilotning “Elektron hukumat” tizimi mexanizmlari rivojlangan xorijiy davlatlardagi turdosh tashkilotlarining faoliyatini o’rganish maqsadga muvofiq. SHu bilan birga, tegishli soxadagi ekspertlar, ilmiy xamjamiyatlar vakillarining ilmiy tadqiqotlari xulosalarini, ham o’rganib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Umuman olganda, davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati ma’muriy va opratsional jarayonlarini davriy ravishda monitoring qilib borish mexanizmi sifatida barcha vazirlik-idoralarda tashkilotning strategik rejalashtirish xamda reja-iqtisodiyot bo’limi xamda yuridik xizmatlari raxbarlari bilan bir qatorda tegishli soxaga mutaxassislar yetishtirib beruvchi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tarkibidagi institut va universitetlar, shuningdek Fanlar akademiyasi xamda tegishli tuzilmaviy ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy-ta’lim muassasalari vakillaridan iborat doimiy faoliyat yurituvchi amaliy tadqiqot ishchi guruxini tuzib qo’yish maqsadga muvofiqdir.

Reinjiniring ob’yekti joriy faoliyatini taxlil qilish bosqichi

Reinjiniring tadbirlarini o’tkazishda davlat va xo’jalik boshqaruv organlarida, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining joriy faoliyati xolatini o’rganish aloxida e’tibor talab etadi. Tashkilotning me’yoriy hujjatlarda, nizomlari, xizmat vazifalari yo’riqnomalarida qayd etilgan faoliyati tartiblari amaliyotda har doim ham risoladagidek bajarilmaydi. SHu munosabat bilan ham tashkilot ma’lum muddat ichida reinjiniring ob’yektiga aylanib qoladi.

Reinjiniring ob’yekti joriy faoliyatining taxlilini quyidagi bosqichlarda olib borish mumkin:

Me’yoriy-huquqiy hujjatlar xrolnologiyasi va amaldagi ichki xujjatlar taxlil qilish;

Funksiyalar va xizmatlarni inventarizatsiyasini o’tkazish;

Talab darajasi yuqori bo’lgan asosiy xizmatlar ro’yxatini shakllantirish;

Funksiya va xizmatlarning amaldagi reglamentlarini ishlab chiqish;

Funksiya va xizmatlar uchun resurslar sarfini taxlil qilish;

Tashkilotning asosiy jarayonlari joriy xolati diagrammasini “BPMN 2.0.” formatida tayyorlash va faoliyatining joriy xolati xaqida axborot taxliliy hujjat tayyorlash.

Tashkilotning me’yoriy-huquqiy hujjatlari ob’yektning ichki muxitini ochiq manbaalar asosida va ichki muxitini birlamchi o’rganish jarayonlarida ko’rib chiqilgan bo’lsada mazkur bo’limda batafsil taxlil qilinadi.

1) Hususan, me’yoriy huquqiy xujatlar 2 ta asosiy bo’limga bo’lib o’rganiladi. Birinchisi, tashkilotning faoliyatini tartibga solish bo’yicha xukumat darajasidagi me’yoriy-huquqiy aktlar (MXA) bo’lsa, ikkinchisi ichki tuzilmaviyme’yoriy-huquqiy hujjatlar (MXX) hisoblanadi.

Davlat hokimiyati markaziy organlari tomonidan qabul qilingan MXA lar taxlilini 1990-yilda amalda bo’lgan xujjatlardan to shu kunga qadar yangilangan barcha MXAlarni batafsil o’rganib chiqishni taqozo etadi. Ushbu xronologik taxlil tashkilot faoliyati qaysi yo’nalishlarda islox qilinganligi taxlil etish hamda istiqbolli loyihada inobatga olish joiz bo’lgan huquqiy ta’minot masalalarini oydilashtirishga imkoniyatini beradi.

Ichki tuzilmaviy MXX larni taxlili tashkilot faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy huquqiy hujjatlar vertikali bo’yicha xar bir xodimning xizmat vazifalar yo’riqnomasigacha bo’lgan hujjatlar taxlil etib chiqiladi. Bu o’rganish tashkilot zimmasidagi bo’lgan barcha funksiya va xizmatlarning reglamentatsiya qilinganligi xolatini taxlili uchun juda ham muxim. Tashkilotning reglamentatsiya qilinmagan barcha funksiya va xizmatlarning xizmat yo’riqnomalari va reglamentlarini ishlab chiqish tavsiyasi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

2) Funksiyalar va xizmatlarni inventarizatsiyasini o’tkazish tadbiri “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Forma-1_BPR” (Ilova 6) jadvalini to’ldirish orqali amalga oshiriladi. Buning uchun tashkilot xodimlariga jadvalni to’ldirish bo’yicha seminar o’tkaziladi. Mazkur jadval tashkilotning ma’muriy va funksional bo’linmalarini iyerarxik bog’liqligini, uning tuzilmaviy majmualari, departamentlari, boshqarma, bo’limlari, bu bo’limlardagi lavozimlar xamda ularning amaldagi barcha xizmat vazifalarining umumiy va to’la ro’yxatini shakllantirish imkonini beradi. Ushbu jadvalga xodimlarning funksiya va vaziflarini kiritishda raxbar, xizmatchi va ishchilarning xar bir vazifasining yakuniy natijasi quyidagilardan qaysi biriga mos kelishini qayd etish joiz:

1.   Ruxsatnoma

2.   Litsenziya

3.   Xulosa

4.   Ma’lumotnoma

5.   Xisobot

6.   Ro’yxatdan o’tkazish

7.   Tekshirish

8.   Attestatsiya

9.   Ekspertiza

10. Tasdiqlash

11. Dekloratsiya

12. Murojaat

13. Rasmiy so’rov

14. Iltimosnoma

15. Talabnoma

16. Taklifnoma

17. Tavsiyanoma

18. Guvoxnoma

  19.  Ko’rsatma

  20.  Me’yoriy hujjat

  21.  Sanksiya

  22.  Etkazib berish

  23.  Topshirish

  24.  Ogoxlantirish

  25.  Xabar berish

  26.  Faoliyat natijasining boshqa  turi

Tashkilot va uning xizmatchilarining funksiya va xizmatlari “asosiy”, “yuklatilgan” va “qo’shimcha” vazifalar bo’yicha tasniflab o’rganiladi. YUklatilgan vazifalar tasnifiga xodim tarafidan, o’zining asosiy vazifalaridan tashqari raxbar topshirig’iga binoan davriy ravishda bajariladigan, tashkilotning boshqa tuzilmaviy bo’liinmasining asosiy vazifalari kiritiladi. Qo’shimcha vazifalar tasnifiga esa xodim tarafidan, o’zining asosiy va yuklatilgan vazifalaridan tashqari raxbar topshirig’iga binoan davriy ravishda bajariladigan, tashkilot tizimiga va soxaga xos-taaluqli bo’lmagan boshqa tizim yoki soxa tashkilotlarining asosiy vazifalari kiritiladi.

3) Keyingi bosqichda optimallashtirishni talab etuvchi funksiya va xizmatlarga aloxida e’tibor qaratish lozim. Xususan, ortiqcha funksiyalarni, autsorsing tartibiga o’tkazilishi maqsadga muvofiq bo’lgan funksiyalarni, bir birini takrorlovchi funksiyalarni, takomillashtirishni talab etuvchi funksiyalarni, xamda yangidan joriy etilishi lozim bo’lgan, ya’ni yetishmayotgan funksiyalarni topish masalasi nazorat topshirig’i sifatida turishi lozim.

Xar qanday tashkilot xodimlarining amaga oshiradigan va mashg’ul bo’ladigan ishlarini 3 xildagi faoliyat turlariga ajratish mumkin:

- Loyihalar;

- Jarayonlar;

- Funksional faollik.

Tashkilotning funksiyalarining umumiy ro’yxati tarkibidagi xizmatlarni faoliyat turlariga qarab loyiha, jarayon va funksional faollik turlariga tasniflab chiqish lozim (6-jadval). Tashkilot uchun jarayonlar I darajali, loyihalar II darajali, funksional faollik toifasidagi xizmat vazifalari esa III darajali axamiyatga ega ekanligini ta’kidlash joiz. SHuning uchun ularga o’zlarining darajalariga mos ustuvorlik belgilanadi.

Tasniflash natijasida paydo bo’lgan asosiy jarayonlar ichidan talab darajasi yuqori bo’lgan xizmat vazifalari ajratib olinadi. Talab darajasi yuqori bo’lgan xizmat vazifalari “Forma-2_BPR” (Ilova 7) jadvali orqali shakllantiriladi. Mazkur ro’yxatdagi xizmatlar “Forma-2_BPR” jadvali asosida Davlat interaktiv xizmatlari YAgona portalida joriy etilgan “Davlat xizmatlari, forma va blanklari yagona reyestriga (ro’yxatiga) kiritiladi va ularning xar biriga identifikatsion (ma’muriy, adminstrativ) kod biriktiriladi.

Davlat xizmatlari, forma va blanklari yagona reyestriga kiritilgan xizmat jarayonlari uchun optimallashtirish tadbirlari o’tkaziladi. Mazkur ro’yxatga kirmagan, loyiha va funksional faollik toifasidagi, xizmat vazifalari imkon qadar soddalashtiriladi, ixchamlanadi va qisqartiriladi.

4) Talab darajasi yuqori bo’lgan xizmat vazifalar optimallashtirishni talab etuvchi jarayonlar sifatida batafsil o’rganiladi. Mazkur jarayonlarning (vazifalarning) xar birining joriy reglamentlarida qayd etilgan tartiblar va amaldagi real xolatda qanday bajarilishi xaqida batafsil malumot yig’iladi va taqqoslab chiqiladi. Olingan malumotlar asosida jarayonning xozirgi xolatining «BPMN 2.0.» standartidagi modeli (diagrammasi) ishlab chiqiladi.

Ushbu diagramma asosida mazkur funksiya va xizmatlarning joriy xolati modellashtiriladi va sinovdan o’tkaziladi. Oldindan belgilab olingan me’zonlar bo’yicha ularni amalga oshirish uchun xarajat qilinadigan barcha resurslar sarfi taxlili o’tkaziladi. Bu xarajatlar tarkibiga vaqt, jalb etiladigan ishchi kuchi, moliyaviy, tashkiliy-xuquqiy, moddiy-texnik, axborot-kommunikatsiya, kommunal, servis va faoliyat ixtisosligidan kelib chiqadigan va sarflanadigan mutlaqo barcha resurslari kiritiladi.

5) Ushbu bo’lim yakunida davlat va ho’jalik boshqaruv organlari funksiya va xizmatlarining umumiy ro’yxatidan belgilangan me’zonlar asosida tanlab olingan, talab darajasi yuqori bo’lgan funksiya va xizmatlar (asosiy jarayonlar) uchun “BPMN 2.0” formatida joriy xolat (“As-is”) modelini yakuniy diagrammasi tayyorlanadi. (Ilova – 8.1, 8.2.) SHuningdek zarur xollarda jarayon algoritmi dekorativ va xronologik sxema shakllarida xam tayyorlanishi mumkin. (Ilova – 8.3, 8.4.)

SHuningdek, “Tashkilot joriy faoliyati xolati xaqida” axborot taxliliy hujjat tayyorlanadi.

Reinjiniring ob’yekti istiqbolli modelini loyhalashtirish bosqichi

2 – 4 bosqichlardagi tadbirlarni amalga oshirish jarayonida reinjiniring ob’yektining amaldagi xolati xaqida batafsil ma’lumotlar yig’iladi, tahliliy xulosalar shakllanadi. Navbatdagi bosqich o’tkazilayotgan reinjiniring tadbirining operatsion qismi bo’lib Tashkilotning istiqbolli modelini loyihalashtirishdek mas’uliyatli jarayondan iborat.

Mazkur tadbir quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

Halqaro ilg’or tajribani o’rganish;

Istiqboli model konsepsiyasini shakllantirish;

Tashkilotning istiqbolli funksional-matritsa turiga mos tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish;

Funksional va operatsion jarayonlarni optimallashtirish;

Funksiya va xizmatlarning istiqbolli reglamentlari loyixalarini ishlab chiqish;

Faoliyatning istiqbolli modelini joriy etish “Tarmoq grafigi” va “CHora-tadbirlar rejasi” loyixasini ishlab chiqish,

1) “Elektron hukumat” tizimi mexanizmlari rivojlangan davlatlardagi turdosh vazirlik-idora va tashkilotlarning joriy xolati va ilg’or tajribalari reinjiniring ob’yektining istiqbolli modeli loyhasini ishlab chiqish uchun eng qulay mo’ljal va na’muna vazifasini o’taydi. Bunda, davlat va ho’jalik boshqaruv organlarining rivojlangan xorijiy davlatlardagi analoglarini yanada takomillashtirish bo’yicha ishlab chiqilgan yoki ishlab chiqilayotgan strategik rejalarini inobatga olish eng muxim omil xisoblanadi. Mazkur yo’nalishdagi taxlillar ob’yektiv, keng qamrovli va samarali bo’lishi uchun paralel ravishda tegishli soxa bo’yicha ilg’or bo’lgan bir nechta muqobil davlatlar amaliyotni va strategiyasini taxlil qilib chiqish maqsadga muvofiq.

SHakllanadigan xulosa va qarorlar xolisligini ta’minlash maqsadida, na’muna sifatida, janubiy-sharqiy osiyo davlatlari, g’arbiy yevropa davlatlari, dunyoviy va demokratik boshqaruv joriy etilgan islom davlatlari, shuningdek ayrim yangi mustaqil davlatlarning nafaqat bugungi kundagi amaliyoti va ilg’or tajribasi, balki - eng asosiysi, ularning yaqin va o’rta muddatga mo’ljallangan yanada rivojlantirish strategiyalarini batafsil o’rganish lozim. Ushbu bo’lim yakuni xam tegishli axborot-tahlily hujjat bilan mustaxkamlanadi.

2) Istiqbolli model konsepsiyasi reinjiniring talablariga mos ravishda tashkilotning joriy xolatini islox etish bo’yicha innovatsion yondashuvlar va g’oyalar tizimi, majmuasi sifatida shakllantirilishi joiz. Tashkilotning istiqbolli modeli Konsepsiyasi – bu tashkilotning kelajakdagi faoliyatining ruxiyati, xarakteri va ko’lamini yorituvchi mantiqan yakunlangan tahliliy hujjat xisoblanadi.

U tuzilish bo’yicha quyidagi bandlardan iborat bo’lishi maqsadga muvofiq: titul varog’i, mundarija, kirish, konsepsiyaning maqsad va vazifalari, glossariy, tahlil etilayotgan tashkilotning horijiy turdosh analoglarining ilg’or na’munalari va strategiyalarining tahlili, tashkilot faoliyatini takomillashtirish yo’nalishlarini aniqlash, xulosalar va konsepsiyani joriy etish uchun amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar bo’yicha ishlab chiqilgan loyixalar, takliflar, sxema, grafik va taqribiy kichraytirilgan nusxa modellari.

Umuman, Konsepsiyaning ruxiyati va xarakterida yaqin va uzoq muddatli istiqboldagi, xozirgidan bir-necha barobar samaraliroq bo’ladigan faoliyat mexanizmi va jarayonlari o’z aksini topishi, tavsiflanishi lozim.

3) Davlat va ho’jalik boshqaruv organlari tashkiliy tuzilmasining istiqbolli funksional-matritsa turiga moslashtirish va modellashtirishda “toza varaq” tamoyilidan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda, birinchi o’rinda o’rganilayotgan davlat va ho’jalik boshqaruv organini, nazariy jixatdan, mamlakatimiz davlatchilik tizimidagi asosiy missiyasini, funksiyalarini nimadan iborat ekanligi belgilab olish lozim.

Ikkinchi navbatda ushbu genezis funksiyani eng optimal ravishda amalga oshirish uchun qanday jarayonlar kerak ekanligi, zarur bo’ladigan birlamchi mexanizmlari va instrumentlarini aniqlab olinishi kerak. Undan keyingina boshqaruvning tashkiliy tuzilma sxemasi “matritsa” turiga mos xolda ishlab chiqiladi.

Ularni samarali ishlatish uchun zarur bo’ladigan kuch va vositalarning eng maqbul kombinatsiyasi xisob-kitobini ishlab chiqish talab etiladi. Ushbu xisob kitoblarga ko’ra istiqbolli model asosidagi faoliyat samaradorligi an’anaviy faoliyatdan eng kamida 5-10 barobar yuqori bo’lishi reinjiniring tadbirining minimal natijasi sifatida tan olinadi.

Bunday natijaga erishish uchun xozirgi kunda tashkilot genezis funksiyani istiqbolli loyixa asosida amalga oshirish uchun ortiqcha yuk bo’layotgan qo’shimcha vazifa, kuch, vositalar va jarayonlarning baxridan o’tish, voz kechish kerak. Resurslarni maqsadsiz, samarasiz sarflanishi, isrof qilinishiga olib keluvchi birorta xam funksional jarayon qoldirilishi kerak emas. Asosiysi, tashkilotning eng quyi bo’g’inida yoki raxbarlar tarkibida bo’lishidan qat’iy nazar faoliyatining samaradorligi past bo’lgan davlat xizmatchilari lavozimlariga biriktirilgan xizmat vazifalari taqsimotini xronometraj asosida o’rganib, optimallashtirish talab etiladi.

Aloxida ta’kidlash joiz bo’lgan jixati shundaki, davlat xizmatchilari lavozimlarini optimallashtirishda quyi ijro etuvchi lavozimlarni emas, asosan ma’muriy vazifalarni bajaruvchi davlat xizmatchilari lavozimlarini optimallashtirish maqsadga muvofiq. SHuningdek, xozirgi kunda keng qo’llanilayotgan, qisqartirilgan lavozim va jarayonlarni quyi bo’g’indagi boshqa bo’linmalarga rasmiylashtirib, ilgari bajargan ishlarini davom ettiraverish singari xufiyona, noqonuniy amaliyot uchun javobgarlik tartibi qat’iy va muqarrarligi yodda tutilishi joiz. (7-jadval).

Ma’muriy jarayonlarni optimallashtirishda, anologik tarzda, operatsion jarayonlarni emas, ikkinchi darajali funksional aktivlik yoki loyixa toifasiga mos bo’lgan faoliyat turlarini optimallashtirishga katta axamiyat qaratilishi joiz. Buning uchun asosiy ish bajariladigan operatsion jarayon va lavozimlar saqlab qolinishi va yanada takomillashtirilishi lozim. Bajariladigan funksiya, yaratiladigan maxsulot yoki ko’rsatiladigan xizmat sifatiga va qimmatiga xissa qo’shmaydigan, balki o’zining mavjudligi bilan qo’shimcha qiymat qo’shib, muddatlarni uzaytirib, uning tan narxini oshirib yuboradigan faoliyat va jarayonlarni bartaraf etish majburiy shartdir.

4) Funksional faollik va loyixa toifasidagi faoliyatlarni qisqartirish, asosiy operatsion va funksional jarayonlarni optimallashtirish reinjiniring tadbirining markaziy masalasidir. Funksional va operatsion jarayonlarini optimallashtirish bosqichida “Forma-2_BPR” jadvali orqali aniqlab olingan eng asosiy vazifalari ro’yxatiga kiritilgan funksiya va xizmatlarining amaldagi tartiblari, bosqichlari, protseduralarini konsepsiyadagi yondashuvlardan kelib chiqqan xolda tubdan takomillashtirish uchun qaytadan tuzib chiqish tadbirlari amalga oshiriladi.

Bunda ustivor deb topilgan xar bir jarayonni amalga oshirish bosqichlari qismlarga ajratilib, xar bir bosqichga sarflanayotgan vaqt, ishchi kuchi, moddiy-texnik va moliyaviy harajatlar xajmi xisoblab chiqiladi.

Undan keyin yuqorida qayd etilgan resurslarni ko’p sarflanishiga olib kelayotgan barcha sabablarning umumiy ro’yxati tuziladi. Ro’yxatga kirgan salbiy ta’siri eng yuqori bo’lganlaridan boshlab xar bir omil va xarakatlar taxlil etilib, mazkur salbiy muxitga barxam beruvchi, qayta g’ovlamasligiga kafolat beruvchi kardinal chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar va xarakatlar ro’yxatini tuzishda resurslarning ortiqcha va befoyda sarfiga olib keluvchi omillardan tashqari, istemolchilar va xamkorlarning qat’iy e’tirozlariga sabab bo’luvchi omillar, hujjatlar soni, qatnash joiz bo’lgan tashkilotlar soni, kelishish uchun komissiya tarkibidagi amaldorlar sonini ortib ketishiga xamda jarayonlarning asossiz uzayib ketishi va murakkablik darajasi ortib ketishi xolatlariga xam aloxida e’tibor qaratish muximdir.

Funksional jarayonlarni optimallashtirishda quyidagilar salbiy mezonlar sifatida qo’llaniladi:

- Funksional jarayonga kirish bosqichidagi xujjatlar soni;

- Funksional jarayon ichida paydo bo’ladigan xujjatlar soni;

- Funksional jarayon bosqichlari va qadamlari soni;

- Funksional jarayonda ishtirok etuvchi subektlar soni;

- Mijoz va tashkilot orasidagi bevosita kontaktlar soni;

- Kelishish va qarorlar qabul qilish nuqtalari soni;

- Jarayonga sarflanadigan doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar xajmi;

- Funksional jarayonda raxbarlar ishtirokining darajasi;

- Qarorlar qabul qilinadigan iyerarxik soxalarning darajasi;

- Funksional faollik va loyiha toifasidagi faoliyat turlari soni.

Funksional jarayonlarni optimallashtirish – jarayon yakuniy natijasi sifatini saqlab qolgan xolda salbiy mezonlarni minimallashtirish tushuniladi.

Salbiy mezonlarni minimallashtirish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:

- Muqobil shakli bo’lmagan qarorlar qabul qilish xolatlarini bartaraf etish;

- Joriy vazifalarni bajarishda boshqaruv xodimlari ishtirokini cheklash;

- Mijoz uchun qimmati va axamiyati yo’q bo’lgan xarakatlarni bartaraf etish;

- Jarayon davomida qarorlar qabul qilishni raxbar va boshqaruv xodimlaridan bevosita operatsion protsedurani amalga oshiruvchi mutaxassilarga o’tkazish.

Tashkilot funksional faoliyatining Reinjiniringi ikkita bosqichda amalga oshiriladi:

1. Avval optimallashtirish (IKT tizimlari joriy etmasdan);

2. Keyin avtomatlashtirish (Optimallashtirilgan jarayonlarga IKT tizimlarini joriy etish). (8-9 jadvallar).

Mazkur bosqichlar uchun xam aloxida istiqbolli modellar (“To-be” model) diagrammalari BPMN 2.0. formatida ishlab chiqiladi va ularning reglamentlari loyihalari tayyorlanadi.

5) Funksiya va xizmatlarning istiqbolli reglamentlari loyixalarini ishlab chiqish bosqichida davlat va ho’jalik boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladigan barcha funksiyalar, yaratiladigan maxsulotlar, ko’rsatiladigan xizmatlarning amalga oishirilish jarayonlarini tartibga soluvchi istiqbolli reglamenlari loyihalari ishlab chiqiladi. Bu reglamentlarga quyidagi talablar qo’yiladi:

- Reglament xizmat ko’rsatishning an’anaviy uslubidan farqli o’laroq mazkur xizmatni interaktivlik darajasi yuqori bo’lgan, imkon qadar tranzaksion va targetizatsion shaklda ko’rsatishga o’tkazishni ta’minlovchi qulay va sodda ma’muriy va funksional jarayonlarni tartibini belgilab berishi lozim (Ilova 9);

- Istiqbolli reglament zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari xamda innovatsion boshqaruv uslublari yordamida an’anaviy shaklda xizmat ko’rsatish uchun sarf bo’layotgan muddatlar, hujjatlar, bevosita ishtirok etuvchi davlat organlari va davlat xizmatchilar sonini keskin, 10-20-barobar qisqartirilgan ma’muriy jarayonni huquqiy jixatdan mustaxkamlab qo’yishi joiz;

- YAngi reglament asosida interaktiv xizmat ko’rsatish davlat xizmatchilari tomonidan ularning funksiya va xizmatlari istemolchilar bilan imkon qadar kontaktsiz ravishda amalga oshirilishini ta’minlashi lozim;

- SHuningdek, reglament istemolchilarni identifikatsiyalash, hujjatlarni qalbakilashtirishni oldini olish, to’lovlarni fiksirlash masalalarini xam inobatga olishi muxim axamiyatga ega;

- Reglament talablarining xarakteri xizmat ko’rsatuvchi organni emas, avvalam bor iste’molchilar shart-sharoiti va ular uchun qulayligi inobatga olinganligi bilan an’anaviy amaliyotdan keskin farq qilishi lozim.

6) Faoliyatning istiqbolli modelini joriy etishning yo’l xaritasi vazifasini tegishli “Tarmoq grafigi” bajaradi. U bilan birgalikda ishlab chiqiladigan “CHora-tadbirlar rejasi” loyixasi qilingan barcha ishlarni ro’yobga chiqarishdagi eng muxim bosqich xisoblanadi. “tarmoq grafigi” istiqbolli modelini joriy etishning asosiy bosqichlari va uning muddatlarini belgilab bersa, “CHora-tadbirlar rejasi” esa mazkur bosqichlar oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo’lgan barcha tashkiliy va operatsion vazifalarni, shuningdek ijro uchn mas’ullar va moliyaviy manbaalarni aniq belgilab beradi.

CHora tadbirlar rejasi quyidagi 5 ta bo’limdan iborat bo’ladi:

I. “Elektron hukumat” tizimi mexanizmlari joriy etilgan istiqbolli modelga o’tish uchun vazirlik-idoraning tashkiliy tuzilmasiga kiritilishi lozim bo’lgan o’zgaritirishlar va unga moslashishni ta’minlashga qaratilgan chora tadbirlar;

II. Funksional faollik va loyiha toifasidagi faoliyatlarni qisqartirish xamda operatsion jarayonlarni optimallashtirish bilan bog’liq chora tadbirlar;

III. “Elektron hukumat” tizimi mexanizmlari joriy etiladigan istiqbolli modelga o’tish uchun zarur bo’ladigan axborot-kommunikatsion infratuzilmani yaratish bilan bog’liq chora-tadbirlar;

IV. “Elektron hukumat” tizimi mexanizmlari joriy etiladigan istiqbolli modelga o’tish uchun zarur bo’ladigan axborot tizimlari, axborot resurslari, ma’lumotlar bazalari, interaktiv davlat xizmatlarini yaratish va ularni markaziy axborot tizmlariga, jumladan tashkilot rasmiy sayti va Davlat interaktiv xizmatlari yagona portaliga integratsiyalash bilan bog’liq vazifalar;

V. “Elektron hukumat” tizimi mexanizmlari joriy etiladigan istiqbolli modelni BPMN modelidagi diagrammasi va texnologik xaritasini huquqiy jixatdan mustaxkamlash maqsadida barcha tegishli me’yoriy-huquqiy aktlar va hujjatlarni yangi taxririni yaratish, qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish bilan bog’liq vazifalar.

Bunda tegishli qonun va qonun osti hujjatlaridan tortib toki har bir bo’limning nizomi, funksional va operatsional jarayon reglamenti, shuningdek uni amalga oshiruvchi davlat xizmatchisi, mutaxassisning lavozim yo’riqnomasi va xizmat vazifalari taqsimotigacha bo’lgan me’yoriy-huquqiy ta’minot vertikalidagi barcha hujjatlar inobatga olinishi lozim

Xar bir xolatni tavsiflovchi texnologik xarita tayyorlanadi. SHuningdek, tashkilot faoliyati istiqbolli modelini loyhalashtirish bosqichida amalga oshirilgan barcha ishlar, jumladan ishlab chiqilgan istiqbolli model loyixalari, chora-tadbirlar rejalari, reglamentlar, ulardan kutilayotgan natijalarni tavsiflovchi ahborot taxliliy xujjat tayyorlanadi.

Istiqbolli model loyixasini joriy etish

Ma’muriy jarayonlar reinjiniringi tadbirini o’tkazish bo’yicha tuzilgan ishchi guruxi tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli model loyixasini joriy etish vazifasini quyidagi bosqichlarda amalga oshirishi maqsadga muvofiq::

Reinjiniring yakunlari bo’yicha axborot taxliliy doklad tayyorlash va taqdimot o’tkazish;

Faoliyatning istiqbolli modelini joriy etish bo’yicha Vazirlar Maxkamasi qarorini rasmiylashtirish;

O’tkazilgan reinjiniring natijalari asosidagi istiqbolli modelni joriy etish natijalari xaqida axborot taxlily doklad tayyorlash.

1) O’tkazilgan reinjiniring tadbirlari yakuni xaqidagi axborot tahliliy doklad yuqoridagi bosqichlar so’ngida tayyorlangan ahborot tahliliy xujjatlar yig’indisidan iborat, hajmi 50-60 betdan iborat kengaytirilgan sharh shaklidagi hujjat bo’lib, uni O’zbekiston Respublikasi Milliy ahborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish Kompleks chora tadbirlari rejasini bajarilishi bo’yicha muvofiqlashtiruvchi Komissiya yig’ilishi kun tartibiga kiritiladi va taqdimoti (ppt) o’tkaziladi.

Dokladga ilova qilingan, reinjiniring tadbirlari nitijasida ishlab chiqilgan sohani isloh qilish konsepsiyasi, uni joriy etish tarmoq grafigi, chora-tadbirlar rejalari, davlat va ho’jalik boshqaruv organlari funksiyalari, xizmatlari, faoliyat jarayonlarning modellari, diagrammalari va istiqbolli reglamentlari muxokama qilinadi.

2) Loyiha bo’yicha bo’lib o’tadigan munozaralar doirasida bildirilgan fikr-muloxazalar inobatga olingan xolda, ushbu yig’ilish bayonnomasi asosida tegishli soha faoliyatning istiqbolli modelini joriy etish bo’yicha Vazirlar Maxkamasi qarorini loyixasi ishlab chiqiladi va rasmiylashtiriladi. Vazirlar Maxkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Reinjiniring tadbirlari natijasi xisoblangan loyixani joriy etish chora-tadbirlar rejasida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirishi tarmoq grafiklari asosida ijrosi ta’minlanadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 fevraldagi PF-4702 sonli farmoni 3-bandiga asosdan O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tegishli me’yoriy xuquqiy xujjati (buyruq) bilan davlat va ho’jalik boshqaruv organlariga ijro uchun yuborilishi xam mumkin.

Davlat va ho’jalik boshqaruv organlari faoliyati samaradorligi va ma’muriy jarayonlar murakkabligini baxolash mexanizmi

YUqorida qayd etilganidek birlamchi reinjiniring tadbirlari natijasida tashkilotdagi funksional faollik va loyiha tasnifidagi faoliyatlar qisqartiriladi, 20 % asosiy jarayonlar optimallashtiriladi.

Birlamchi reinjiniring tadbirlari natijasi, shuningdek qolgan 80% funksiya va xizmatlar bo’yicha davlat organi va uning xizmatchilari faoliyatining samaradoriligi quyida tavsiflanadigan baxolash mexanizm orqali monitoring qilinadi.

Davlat organlari va xizmatchilari Faoliyatining Samaradorligini Baxolash Mexanizmi (FSBM) vazirlik-idoralar vazifalarining inventarizatsiyasi orqali shakllantirilgan umumiy ro’yxatidagi asosiy funksiya, xizmatlar va jarayonlarni reyting tizimi asosida baxolashni amalga oshiradi.

Mazkur mexanizm asosiy funksiya va xizmatlar bo’yicha bir nechta muqobil manbalar orqali qabul qilib olinadigan ma’lumotlarni, belgilab olingan me’zonlar bo’yicha, qiyosiy taxlil qilish orqali davlat organlari va xizmatchilari faoliyati samaradorligi baxolarini generatsiya qiluvchi “Reinjiniring” - Axborot-taxliliy tizimi (RATT) shaklidagi, portal yechimidagi axborot tizimi ko’rinishida bo’ladi.

Mazkur axbort tizimi vazirlik-idoraning asosiy xizmat vazifalari va funksiyalari to’g’risidagi ma’lumotlarni quyidagi 5ta muqobil manbaalardan qabul qilib oladi:

1. Davlat va ho’jalik boshqaruv organining o’zidan;

2. Jismoniy yoki yuridik shaxs maqomidagi barcha istemolchilardan;

3. Funksiya va xizmatlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xamkor idoralardan;

4. Nazorat qiluvchi va huquq tartibot organlaridan;

5. Vazirlik idoraning “Elektron hukumat” tizimlari eng rivojlangan davlatlardagi turdosh idoralari bilan taqqoslash va qiyosiy taxlil qilish bo’yicha ekspert va ilmiy tadqiqot guruhlaridan.

Ushbu 5 ta muqobil manbaalar orqali asosiy funksiya va xizmat ko’rsatilishi jarayonlarining amaldagi real xolati xaqidagi fakt va argumentlar asosida vazirlik-idoradagi Ma’muriy jarayonlar murakkabligi koeffitsenti shakllantiriladi.

Me’zonlar

(p)

Mezon yuki

(w)

1.

Mijoz bilan bevosita kontaktlar

40%

2.

Tashkiliy tuzilma iyerarxiyasi

20%

3.

Ishtirokchi sub’yektlar

15%

4.

Xujjatlar soni

10

5.

Jarayon bosqichlari

5

Davlart va ho’jalik boshqaruv organlari

ma’muriy jarayonlari murakkabligini boxolash mezonlari

Davlat va ho’jalik boshqaruv organlaridagi ma’muriy jarayonlar murakkabligi koeffitsenti maxsus ishlab chiqilgan informatsion sistema tomonidan quyidagi formulalar bo’yicha generatsiya qilinadi

(1) M(k)= Σ c(p)

(2) c(p)=Σ(i)p(i) w(i)

Ushbu koeffitsent davlat organi va xizmatchilari faoliyat samaradorligini baxolash mexanizmining yakuniy maxsuloti bo’lib, uning asosida vazirlik-idoralarning ma’muriy jarayonlar murakkabligini reytingi shakllantiriladi.

Ushbu reyting tegishli vazirlik-idoralarda maqsadli tekshirish va reinjiniring tadbirlarini o’tkazishga asos bo’lib xizmat qiladi. Reinjiniring tadbirlari yakuniy natijasida davlat va ho’jalik boshqaruv organlari, jumladan vazirlik-idoralar, ularning tuzilmaviy va xududiy bo’linmalari faoliyati innovatsion boshqaruv usullari qo’llanilgan xolda Jarayonlar va Kommunikatsiyalarga asoslangan innovatsion usullar (BPR) asosida modernizatsiyalanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


1. Каримов, Ислом Абдуғаниевич. 2015 йилда иқтисодиётимизда туб таркибий ўзгаришларни амалга ошириш, модернизация ва диверсификация жараёнларини изчил давом эттириш ҳисобидан хусусий мулк ва хусусий тадбиркорликка кенг йўл очиб бериш – устивор вазифамиздир/ И.А.Каримов. –Тошкент: Ўзбекистон, 2015. -72 б.

2. Каримов, Ислом Абдуғаниевич. Мамлакатимизни демократик янгилаш ва модернизация қилишга қаратилган тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириш – бош мақсадимиздир/ И.А.Каримов. –Тошкент: Ўзбекистон, 2014. -64 б.

3. Каримов, Ислом Абдуғаниевич. Жаҳон молиявий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари / И.А.Каримов. –Тошкент: Ўзбекистон, 2009. -64 б.

4. Каримов, Ислом Абдуғаниевич. Бош мақсадимиз – кенг кўламли ислоҳотлар ва модернизация йўлини қатъият билан давом эттириш. Том 20/И. А. Каримов. - Тошкент: Ўзбекистон, 2012. – 208б.

5. Каримов, Ислом Абдуғаниевич. Республикани ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2013 йилда иқтисодиётни барқарор ривожлантиришнинг энг муҳим устивор вазифалари. «Халқ сўзи», 2013 йил 19 январь. № 13 (5687).

6. Хаммер М., Чампи Дж. Реинжинринг корпорации: Манифест революции в бизнесе. Пер. с англ. - СПб.: Издательство С.-Петербургского университета, 2001. 332с.

7. Хаммер М., Хершман Л. «Быстрее, лучше, дешевле: девять методов реинжиниринга бизнес-процессов», изд. – Альпина Паблишер, Москва – 2015 г.

8. Силич В.А., Силич М.П. Реинжиниринг бизнес-процессов: Учебное пособие. – Томск: ТУСУР, 2007. – 200 с.

9. Робсон М., Уллах Ф. Практическое руководство по реинжинирингу бизнес-процессов. / Пер. с англ. - М.: Аудит, ЮНИТИ, 2007. - 224 с.

10. Марка Д.А., МакГоун К. Методология структурного анализа и проектирования / Пер.сангл. - М.: 1993.- 240 с.

11. Тельнов Ю.Ф. Реинжиниринг бизнес-процессов. - М.: МЭСИ, 2000-106с.

12. Ойхман Е.Г., Попов Э.В. Реинжиниринг бизнеса. - М: Финансы и статистика, 1997. - 336 с.

13. Н.Шеннон Р. Имитационное моделирование - искусство и наука. / Пер. с англ. - М.: Мир, 1978.- 302с.

14. Калянов Г.Н. Консалтинг при автоматизации предприятий: Научно-практическое издание. Серия «Информатизация России на пороге XXI века». - М.: СИНТЕГ, 2006. - 316 с.

15. Business process reengineering UneGov.ne http://unpan1.un.org/intradoc/groups/public/documents/un-dpadm/unpan041436.pdf.

16. Aphrodite Tsalgatidou, Methodologies for Business Process Modelling and Reengineering http://cgi.di.uoa.gr/~pms541/methodologies.doc.

17. Joshua Liem, A comparision of BPR methodologies Using the NIMSAD framework http://faector.nl/met/pdf/MET12-4-8.pdf.

18. http://www.egov-conference.org/glossary/business-process-reengineering.

19. https://www.tuc.org.uk/sites/default/files/TUC%20and%20NEF%20Outsourcing%20Public%20Services.pdf.


IV. JADVAL VA ILOVALAR

1-Jadval

Ma’muriy va operatsion jarayonlar unsurlari (elementlari)

Jarayon elementi

Tavsifi

Kirish

Funksiyani bajarish, xizmat ko’rsatish yoki maxsulot ishlab chiqarish jarayoni boshlanadigan birlamchi mexanizm (bo’lim, bo’linma, tashkilotning rasmiy veb-sayti, Yagona portal va x.k.)

Chiqish

Funksiyani bajarish, xizmat ko’rsatish yoki maxsulot ishlab chiqarish jarayonining yakuni natijasini istemolchiga yetkazib beruvchi so’nggi bo’g’in mexanizmi (bo’lim, bo’linma, tashkilotning rasmiy veb-sayti, Yagona portal, pochta va x.k.)

Foydalanuvchi, Istemolchi,

Murojaat etuvchi

Yakuniy maxsulot, funksiya yoki xizmat natijasini oluvchi sub’yekt

Foydalanuvchi talablari

Funksiya va xizmatlarni ko’rsatish tartiblari bo’yicha foydalanuvchilar manfaatlarini ifodalovchi, extiyojlarini qanotlantiruvchi va sharoitlariga to’la mos keluvchi talablar.

Jarayon tuzilishi (strukturasi)

Mexanizm, jarayon va operatsion protseduralarning uzviy bog’langan ketma ketligi

Jarayon adiministratori

Tegishli jarayonlarga javobgar bo’lgan mas’ul lavozimdagi shaxs va/yoki organ

Indikatorlar

Funksiyalarni bajarish, xizmat ko’rsatish yoki tayyorlangan maxsulot sifati yuzasidan iste’molchining tanlab olingan me’yorlar bo’yicha qoniqish darajasining standartlashgan ko’rstagichlari(muddatlar, to’lov miqdori, protseduralar soni, talab etiladigan xujjatlar soni, avtomatlashtirilganlik,innovatsion usullar mavjudligi, xodimlar kompetentligi, xizmat/maxsulot sifati, xizmat ko’rsatishdagi qo’shimcha qulayliklar (servis)


2-Jadval

Ma’muriy va operatsion jarayonlarning asosiy omillari

Omillar

Tavsifi

Tizimlashtirish

1) Funksiya va xizmatlarni samarali amalga oshirish, vazifalarni qisqa muddatda sifatli bajarish uchun barcha kuch va vositalarni jalb etish va safarbar etish.

Manfaat va xarakatlarni uyushtirish va muvofiqlashtirish

1) Funksiya va xizmatlarni sifatli va samarali amalga oshirishda mutloq barcha tuzilmaviy bo’linmalarning o’zaro xamkorlikda ishtirok etishi va uyushgan xolda faoliyat yuritishini ta’minlash.

2) Davlat va ho’jalik boshqaruv organi faoliyati samaradorligini oshirish uchun tuzilmaviy bo’linmalar biri biridan bexabar, tarqoq xolda amalga oshiradigan xizmat vazifalarni funksional va operatsion jarayonlarini uzviy va mantiqan bog’liq algoritmlar asosida qayta tashkillashtirish.

3) Vazirlik-idora faoliyatining ma’muriy, operatsion va funksional jarayonlari shaffofligini ta’minlash.

Yakuniy natija

1) Interaktivlik darajasi yuqori (tranzaksion, targetizatsion) xizmatlarning sonini va sifat ko’rstagichlarini oshirish;

2) Xodimlar kasbiy malaka va kompetentlik darajasini oshirish;

3) Tashkilot emas, xizmatdan foydalanish uchun murojaat etuvchilar manfaatlari ustunligi tamoyili asosida istemolchi xuquqlarini ta’minlash;

4) Funksiya va xizmatlarni amalga oshirishda byurokratik g’ovga aylantirib olingan tartiblarni, manfaatparastlik va g’arazli maqsadlarda shakllantirilgan korrupsion muxitlarni bartaraf etish.


3-Jadval

Ma’muriy jarayonlar reinjiniringini amalga oshirishda eng ko’p yo’l qo’yiladigan xatoliklar

Xatoliklar

Izohlar

Davlat organlari tomonidan amaldagi jarayonlarni qisman yaxshilashga e’tibor qaratilib, ularni tubdan qayta loyihalash amalga oshirilmaydi.

Ushbu xatolik eng ko’p holatda yo’l qo’yiladigan xatolik hisoblanadi. Yirik muvaffaqiyatlarga faqatgina rahbariyat tomonidan fundamental o’zgarishlar qilishga yetarli siyosiy hohish-iroda mavjud bo’lgan taqdirdagina erishish mumkin.

Reinjiniring tadbirlari uchun har bir bosqichda samaradorlik ko’rsatkichlarini belgilash ham maqsadga muvofiq emas. Chunki, reinjiniring natijasini boshqa usullardan farqli ravishda faqatgina eng oxirgi bosqichda, ya’ni yangi modelni joriy qilib, uni sinovdan o’tkazgandan keyingina ko’rish mumkin.

Jarayonlarni qisman yaxshilash, jumladan, ayrimlarini tubdan o’zgartirmasdan avtomatlashtirish qisqa muddatlarda ijobiy natija keltirishi mumkin. Lekin, uzoq muddatda ijobiy natijalarga erishish uchun albatta samarasiz tizimlarni qaytadan loyihalash talab etiladi.

Ta’kidlash joizki, majud jarayonlarni yaxshilash ham ma’lum moliyaviy mablag’larni va resurs harajatlarini talab qiladi, samarasiz jarayonlarni avtomatlashtirishga mablag’ sarflash esa mablag’larning samarasiz sarflanishiga sabab bo’ladi.

Reinjiniring tadbirlaridagi cheklovlar.

Agar reinjiniring tadbirlari uchun ma’lum cheklovlar qo’yiladigan bo’lsa, ushbu tadbirlar boshidan muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Reinjiniring maqsadlari aniq bir davlat xizmati bo’yicha keng ko’lamli chora-tadbirlardan iborat bo’lishi kerak. Bunda ayrim jarayonlarni taxlil qilmasdan keyingi bosqichga o’tish, xizmatga doir ayrim manfaatdor tashkilotlar faoliyatini tahlil qilmasliq ham xatolikka yo’l qo’yishdir. Reinjiniringning maqsadi mavjud samarasiz tizimni takomillashtirish emas, balki yangi samarali tizim yaratishdan iborat.

Ta’kidlash joizki, reinjiniring maqsadlarni aniqlashdan boshlanadi, maqsadlar aniqlangandan keyingina ularga erishish yo’llarini izlanadi.

Reinjiniring tadbirlarini muddatidan oldin tugatish.

Reinjiniring faqatgina g’oya bo’lib qolmasligi kerak, ular joriy qilinsagina samara keltiradi.

Albatta, reinjiniring tadbirlarida muvaffaqiyatsizliklar ham kuzatilishi mumkin. Biroq, birinchi duch kelingan muammo va qiyinchiliklar reinjiniring tadbirlarini to’xtatishga asos bo’lmasligi kerak.

Odatda, reinjiniring takliflari rahbariyatga taqdim etilganda, ular tomonidan fundamental o’zgarishlarga bo’lgan e’tirozlari tabiiy hol bo’lganligi sababli, juda ko’p hollarda reinjiniring tadbirlari muddatidan oldin yakunlanadi.

Motivatsion omillarga past baho berish.

“Tuxumni pishirish uchun uni avval sindirish kerak” aforizmi bu yerda juda o’rinli ekanligini ta’kidlash joiz.

Reinjiniring tadbirlari hamma uchun faqatgina xursandchilik olib kelmaydi. Uning natijasida ayrim xodimlar o’z ish uslublarini o’zgartirishlari lozim bo’lsa, ayrimlari ishdan ketishlariga to’g’ri kelishi ham mumkin. SHuning uchun, ayrim xodimlar reinjiniring tadbirlariga to’sqinlik qilishlari – tabiiy xoldir.

SHuning uchun ham, yuqorida turgan rahbariyatning reinjiniring o’tkazishdagi motivatsion omillari muhim ahamiyatga ega. Reinjiniring har doim “tepadan – pastga” amalga oshiriladi. Bunga asosiy sabab shundaki, ko’p xollarda o’rta va quyi darajadagi rahbarlar va xodimlar, tashkilotda reinjiniring qilishning zaruriyati va mohiyatini chuqur tushunish uchun yetarli salohiyatga ega bo’lishmaydi. Ularni ko’proq o’z tarkibiy bo’limlaridagi vazifa va funksiyalar qiziqtiradi. Ularga jarayonlar yaxlit shaklda ko’rinmaydi, shuning uchun ham ular reinjiniringga qarshilik qilishlari kuzatiladi.

Resurslar va rahbar e’tibori yetishmovchiligi.

Agar rahbariyat reinjiringga yetarli darajada e’tibor qaratmasa, ushbu tadbirlardan muvaffaqiyat qozonish qiyin kechadi.

Reinjiniringni muvaffaqiyatli kechishi uchun yetarli darajada resurslar jalb qilingan bo’lishi lozim. SHu bilan birga reinjiniring dasturi uchun sarmoyalar nisbatan qisqa muddatda reinjiniringni amalga oshirish imkoniyatini yaratishi zarur.

4-Jadval

Ma’muriy va operatsion jarayonlar reinjiniringining

tarmoq grafigi

1.png


5-Жадвал

Axborot–tahliliy hujjat tuzilishi va mazmuni

Xujjat nomi: ________________________________________

davlat va ho’jalik boshqaruv organi nomi

reinjiniringi doirasidagi o’rganish natijalari xaqida

Kirish qismi:

Kirishabzatsi(xujjatning umumiy yo’nalishi)

Qaysi me’yoriy-xuquqiy xujjat asosida, qaysi tashkilotda, qachon, kimlar ishtirokida reinjiniring tadqiqotlari olib borilganligi. Reinjiniring tadqiqotining asosiy maqsadi, vazifalari,rejalashtirilgan va o’tkazilgan tadbirlar.

Asosiy qism tezislarining jamlan-masi(xujjat mazmuni)

Idora faoliyatining umumiy tavsifi, tashkiliy tuzilmasi, asosiy funksiya-xizmatlari va ularning xajmi, shuningdek faoliyatning son va sifat ko’rsatgichlari va vaqt sarifi tavsiflanadi. Xizmatlarning dolzarbligi (talab va murojaatlar darajasi yuqoriligi, tartiblarning murakkabligi, xuquqiy va axborot ta’minoti darajasi, qog’oz shaklda ish yuritish xajmining tavsifi, katta xajmdagi moliyaviy(rasmiy-norasmiy) xarajat va to’lovlar.

Asosiy qism

1-blok.

1-muammo

Tezis 1.1.

Muammo tavsifi

Argument 1.1.1

- Funksiya va xizmatlarni amalga oshirish jarayonlarini o’rganishda aniqlangan negativ xolatlar;

- Funksiya va xizmatlarni amalga oshirishda qonun talablaridan chetlashish bo’yicha faktlar;

- Ma’muriy jarayonlar algoritmidagi funksiya, xizmat yoki uchastkani talab darajasi yuqori yoki pastligini tasdiqlovchistatistik ma’lumotlar;

- Bir birini takrorlovchi va ortiqcha protseduralar mavjudligi xaqidagi muloxazalar;

- YUqori, o’rta va quyi darajadagi raxbar va xizmatchi (ilgari ishlab ketgan) xodimlarning amaldagi xolat yuzasidan fikr muloxazalari.

- Istemolchilarning axborotlar yetarlili emasligi, ma’muriy jarayonlarni tushunarsiz va shaffof emasligi, ish tartibi, me’yoriy xujjatlarning va reglamentlarning murakkabligi, muddatlar uzoqligi va moliyaviy xarajatlar kattaligi, davlat xizmatchilarining bilim, malaka, tajriba va muomala madaniyati darajasi bo’yicha fikr muloxazalari, ariza va shikoyatlari;

- OAV larida, ilmiy-ommabop maqola va tadqiqotlarda dolzarbligi qayd etilayotgan soxa muammolari;

Argument 1.1.2

Argument 1.1.3

Tezis 1.2.

Muammo tavsifi

Argument 1.2.1

Argument 1.2.2

Argument 1.2.3

Tezis 1.3.

Muammo tavsifi

Argument 1.3.1

Argument 1.3.2

Argument 1.3.3

2-blok.

2 muammo

Tezis 2.1.

Muammo tavsifi

Argument 2.1.1

Argument 2.1.2

Argument 2.1.3

Tezis 2.2.

Muammo tavsifi

Argument 2.2.1

Argument 2.2.2

Argument 2.2.3

Tezis 2.3.

Muammo tavsifi

Argument 2.3.1

Argument 2.3.2

Argument 2.3.3

3-blok.

3-muammo

Tezis 3.1.

Muammo tavsifi

Argument 3.1.1

Argument 3.1.2

Argument 3.1.3

Tezis 3.2.

Muammo tavsifi

Argument 3.2.1

Argument 3.2.2

Argument 3.2.3

Tezis 3.3.

Muammo tavsifi

Argument 3.3.1

Argument 3.3.2

Argument 3.3.3

YAkunlovchi qism

Umumiy xulosalar.

Funksiya va xizmatlarni kontaktsiz amalga oshirish shakliga o’tkazish, muddatlar, xarajatlar jalb etiluvchi va kelishishda ishtirok etuvchi tashkilot va mas’ul xodimlar sonini va jarayonlarini optimallashtirish, reinjiring doirasida ishlab chiqiladigan chora-tadbirlar rejasi, reglamentlar, tarmoq grafiklari bo’yicha taklif va muloxazalar, jumladan axoliga, tadbirkorlik sub’yektlariga va boshqa davlat organlariga xizmatlar ko’rsatishdagi mavjud byurokratik g’ovlar, korrupsion muxitga barxam berish bo’yicha aniq takliflar.

Taxliliy prognoz.

Takliflar.

6-Jadval.

Faoliyat turlarini qiyosiy taxlili

Qiyosiy tahlil me’zonlari

Loyiha

Jarayon

Funksional faollik

Muxit

Har bir loyihani bajarish uchun alohida normativ-hujjat qo’llanilishi yoxud bir loyihani bajarish davomida qo’shimcha normativ-hujjatlar qabul qilinishi mumkin

Muayyan jarayonning bajarilish tartibi va qoidalarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar (Reglament,yo’riqnoma va h.k.) aniq bir jarayonning necha marotaba qaytarilishidan qat’iy nazar o’zgarmas bo’ladi

Ijrochilarning jarayon va loyihalarni amalga oshirishda bajaradigan vazifalaridan tashqari, kunadalik mehnat faoliyatlarini tartibga soluvchi normativ-hujjatlar (Lavozim yo’riqnomasi va h.k.) va boshliqlarning topshiriqlari bilan belgilanadi

Qabul qilinadigan qarorlar

Qaror qabul qilish texnologiyasi oldindan belgilangan va aniq bo’ladi, ammo aynan qanday qaror qabul qilinishi oldindan ma’lum bo’lmaydi

Qabul qilinishi mumkin bo’lgan qarorlar oldindan aniq, ularni qabul qilish mexanizmi o’rnatilagan va mazkur qarorlarni qabul qiluvchi mas’ul shaxslar belgilangan bo’ladi

Odatda qaror xodim tomonidan vaziyatga qarab qabul qilinadi yoxud qaror qabul qilish huquqi boshliqda qoladi , ammo mazkur qaror loyiha yoxud jarayonning yakuniy natijasiga deyarli ta’sir ko’rsatmaydi

Ijrochilar

Ijrochilarning aniq soni va har birining vazifasi qat’iy belgilangan bo’ladi

Ijrochilar oldindan belgilangan va har bir ijrochining jarayonni to’liq bajarishda o’z vazifasi bo’ladi.

Loyihava jarayonda ishtirok etuvchi va unda qatnashmaydigan xodimlar ham bulishi mumkin. Vaziyatga qarab topshiriq bir xodimdan ikkinchisiga yuklatilishi mumkin.

Faoliyat boshlanishi

Loyihalashtirishda tadbir boshlanish vaqti aniq belgilangan bo’ladi, va belgilangan vaqt keguncha tadbir o’tkazish bekor qilinishi ham mumkin

Faoliyat boshlanishi uchun alohida qaror qabul qilishning hojati yo’q, chunki har safar jarayon boshlanganligini anglatuvchi hodisa sodir bo’ladi

Kundalik mehnat faoliyati jarayonida amalga oshiriladi, boshliqning alohida topshiriq berishi bilan ham boshlanishi mumkin

YAkuniy natija

Natija loyihalashtirilgshan tadbir boshlanmasdan turib belgilangan bo’ladi

Har safar jarayon boshlanganda u qanday yakuniy natija berishi oldindan belgilangan bo’ladi

Natija muhim ahamiyat kasb etmaydi, ammo jarayon yoxud loyihani bajarishda kundalik mehnat faoliyatining uzilib qolmasligshini ta’minlaydi

7-Jadval.

Xodimlarni qisqartirish bilan

ular sonini optimallashtirish orasidagi asosiy farqlar

Xodimlarni qisqartirish

Xodimlar sonini

optimallashtirish

Xarajatlarni qisqartirish muammosini xal etish bo’yicha majburiy chora

Faoliyatni uzoq muddatli istiqbolni inobatga olgan xolda takomillashtirish loyixasi

YAkuniy natija xodimlar sonini qisqartirishdan iborat bo’ladi

YAkuniy natija – ishchilarning eng optimal xajmini qayd etish bo’lib, u xodimlar sonini nafaqat kamaytirish, balki oshirishni xam nazarda tutadi.

Amaldagi tashkiliy tuzilma saqlanib qoladi

Tashkiliy tuzilma o’zgartiriladi. Umumiy funksional jarayonlaridagi ortiqcha, bir-birini takrorlovchi protseduralar barataraf etiladi.

Amaldagi vazifalar qisqartirilmagan lavozimlarga yuklatiladi yoki qisqartirilgan lavozimdagi xodimlar o’z faoliyatini boshqa tuzilmaviy bo’limlarga rasmiylashtirilgan xolda davom ettiraveradilar

Ortiqcha va bir-birini takrorlovchi protseduralarni qisqartirish va jarayonlarni avtomatlashtirish xisobiga ish xajmi optimallashtiriladi va mexnat unumdorligi oshiriladi

Mayda xajmdagi xarajatlarni qisqartirish bilan bog’liq qisqa muddatli vazifa

O’rta muddatli istiqbolga mo’ljallangan, barcha turdagi investitsiya turlari individual ishlab chiqiladigan modernizatsiyalash bo’yicha loyixa tadbiri


8-Jadval.

Funksiya, ma’muriy/biznes jarayon va elektronlashtirilganlik darajasi xaqida ma’lumot

Funksiya

Asosiy bosqichlar

Turi:

Elektron lashlganlik darajasi (1-5 darajagacha)

Tashkilot ichki faolyati

(bek-ofis)

Iste’molchi bilan muloqot(front-ofis)

9-Jadval

Avtomatlashtirilishi joiz bo’lgan ma’muriy/biznes jarayonlar, asosiy va mikro protseduralari

Elektron xizmat (el.lashganlik darajasi)

Ichki funksional va operatsion jarayonlar va mikroprotseduralar

Tashqi jarayonlar va idoralararo xamkorlik reglametlari

(interoperabellik)

Asosiy vazifalar

Asosiy protseduralar

Mikro-protseduralar


Ilova 1.

MAMURIY JARAYON

2.png

Ilova 2.

MAMURIY JARAYONLAR TURLARI

3.png


Ilova 3.

BPR va IKT ning

uzviy bog’liqlik konsepsiyasi

4.png

Ilova 4.

5.png


Ilova 5.

Reinjiniring bosqichlarining ketma-ketligi

6.png

Ilova 6.

“Forma-1_BPR”

Davlat va ho’jalik boshqaruv organlari funksiya va xizmatlarini

inventarizatsiyadan o’tkazish jadvali

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

Bo’linma nomi

Bo’lim shtati

ASOSIYFUNKSIYAva XIZMATLARNOMI

Funksiyaning huquqiy asosi

Ish xajmi (o’tgan kalendar yilda ushbu funksiya necha marta bajarilgan)

Funksiyani bir marotaba ko’rsatishga ketadigan vaqt

Funksiyaning yakuniy natijasi/shakli

Funksiyani amalga oshirish bosqichlari

Funksiyani bosqichlarining qadamlari

Funksiya uchun ixtisoslashgan AT, AR, MB mavjudligi

Funksiyani ko’rsatish uchun talab etiladigan hujjatlar

Funksiyani ko’rsatish uchun ishlatiladigan forma va blankalar

Funksiyani ko’rsatish uchun amalga oshirilishi lozim bo’lgan to’lovlar

Funksiyani ko’rsatish doirasida hamkorlik qilinadigan sub’yektlar

Lavozimlar turi va ixtisosligi

SHtat jadvalidagilavozimlar soni

Vakanlar soni

1

...

1

1

1.
2.
3.
4.
5.

1.

1.
2.
3.

1.
2.
3.

1.
2.
3.

1.
2.
3.

1.
2.
3.

2

2.

1.
2.
3.

1.
2.
3.

1.
2.
3.

1.
2.
3.

1.
2.
3.

...


“Forma-3_BPR” Ilova 7.

Davlat va ho’jalik boshqaruv organlarida inventarizatsiya o’tkazish orqali

shakllantirilgan funksiya va xizmatlarining umumiy va to’la ro’yxati

Davlat xizmatining yakuniy natijasi

YUqori turuvchi organ nomi

Xizmatning ID raqami

Xizmat(jarayon)ning nomi

To’lov turi/tulov ning Xukukiy asosi

Murojaat etish usuli

1.Vaziyatlar / 1.1. Xizmatga jalb etiluvchi organlar (Muddatlari)

Me’yoriy-huquqiy asoslari ro’yxati
(nomi, sanasi, Reg№)

Xizmat uchun zarur xujjatlar/Xujjatlarni yig’uvchi sub’yekt/ Xujjatlarni taqdim etuvchi sub’yekt

Quyidagi "Kalit so’z" lardan biri tanlanadi

Vazirlik idora nomi tanlanadi

EXTiRoM tomonidanXXXXXXX-XXXXshakldagi ID raqam biriktiriladi

Xizmat ning MXA yoki MXX bilan tasdiq langan regla menti dagi nomi kiriti ladi

Ushbu xizmat uchun amalga oshirilish lozim bo’lgan "to’lov turi_shakli_birligi_xajmi" tartibida kiritiladi

To’lov turi:boj, x/xaqqi, soliq, jarima, boshqa turi

Iste’ molchi xizmat ni olish uchun muro jaat etishi mumkin bo’lgan usul tanla nadi.

Tashrif (shaxsiy, ishonchli vakil)

Iste’molchi yoki xizmat ko’rsatish ob’yekti vaziyatlarining mumkin bo’lgan vaziyatlari ro’yxati kiritiladi




Asosiydan boshlab darajasi bo’yicha:

Qonun

Kodeks

PF
PQ

VMQ

Ichki buyruq

Nizom

Yo’riqnoma

3 ta ma’lumot kiritiladi:
1. Zarur xujjatlar;
2.

Murojaat, Iltimosnoma
Rasmiy so’rov, Talabnoma
Tavsiyanoma, Taklifnoma
Ma’lumotnoma, Ruxsatnoma
Litsenziya, Tekshirish
Xulosa, Ro’yxatdan o’tkazish
Attestatsiya, Xisobot
Tasdiqlash, Ekspertiza
Dekloratsiya, Ko’rsatma
Me’yoriy hujjat, Sanksiya
Etkazish/Topshirish, Guvoxnoma
Ogoxlantirish

gov.uz saytida keltirilgan davlat organlari nomlari ruyxati

Xizmat egasi yoki
Murojaat etuvchi

Ilova 8.1.

«O’zstandart» Agentligi tomonidan beriladigan «Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish»

jarayonining funksional va operatsion protseduralari algoritmining

BPMN 2.0. modeli shaklidagi diagrammasi

7.png


Ilova 8.2.

“Yuridik shaxslar tomonidan lotareyalar o’tkazish faoliyatini litsenziyalash”

jarayonining funksional va operatsion protseduralari algoritmining

BPMN 2.0. modeli shaklidagi diagrammasi

8.png


Ilova 8.3.

Ma’muriy jarayonlarning funksional va operatsion protseduralari algoritmining

DEKORATIV shaklidagi tavsifi

9.png


Ilova 8.4.

Ma’muriy jarayonlarning funksional va operatsion protseduralari algoritmining

Xronologik sxema shaklidagi tavsifi

10.png


Ilova 9.

Elektron xizmat interaktivligining takomillashish darajalari

11.png

Ilova 10.

Vazirlik-idora, uning tuzilmaviy va xududiy bo’linmalari faoliyatini

Jarayonlar va Kommunikatsiyalarga asoslangan innovatsion usullar (BPR) asosida

Modernizatsiyalash algoritmi

12.png





Возврат к списку